Saida Mirziyoeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

22.09.2026 07:42

O`zbekiston Prezidenti administrasiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Muloqotda o`zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e`tibor qaratildi.

«Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo`lgan hozirgi davrda global miqyosda etakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo`llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman», — dedi Saida Mirziyoeva.

Mamlakatimiz va BMT institutlari o`rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko`rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo`shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog`liqni saqlash, sifatli ta`lim, kambag`allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta`minlash kabi eng muhim yo`nalishlarni qamrab olgan.

Prezident administrasiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O`zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g`oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy echim topish bo`yicha qat`iy intilishini namoyon etadi.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар