Tadbirkorlarga zamonaviy va qulay bank xizmatlarini taqdim etish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan UzQR olish jarayoni raqamlashtirildi. Endi tadbirkorlarga QR-kod olish uchun bank ofisiga borish shart emas – barcha jarayonni Biznes 24/7 ilovasi orqali masofadan turib amalga oshirish mumkin.
Yangi imkoniyat tadbirkorlarga vaqtni tejash, to`lovlarni qabul qilish jarayonini soddalashtirish va savdo nuqtasida hisob-kitoblarni yanada qulay tashkil etish imkonini beradi.
Yagona UzQR — turli to`lovlar uchun yagona echim.
Tadbirkor bitta UzQR orqali turli banklar va to`lov ilovalaridan keladigan to`lovlarni qabul qilishi mumkin. Buning uchun bir nechta QR-kod yoki qo`shimcha qurilmalardan foydalanishga ehtiyoj qolmaydi.
Shuningdek, QR orqali amalga oshirilgan to`lovlar tadbirkorning bank hisobvarag`iga tushadi, barcha operasiyalarni esa yagona platforma orqali kuzatib borish mumkin. Natijada kassadagi ortiqcha jarayonlar qisqaradi, mijozlarga xizmat ko`rsatish tezlashadi.
Mijozlar uchun ham qulaylik
UzQR orqali xaridorlar o`zlariga qulay bo`lgan istalgan bank yoki to`lov ilovasi orqali to`lovni amalga oshirishlari mumkin. Bu esa naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish bilan birga, to`lov jarayonini tez va osonlashtiradi.
UzQR’ni qanday olish mumkin?
Buning uchun tadbirkorga Biznes 24/7 ilovasida bir nechta oddiy qadamni bajarish kifoya:
Yagona QR → Ariza yuborish → Holatini kuzatish → QR yaratish → Yuklab olish
Biznesni rivojlantirish banki raqamli xizmatlarni rivojlantirish orqali tadbirkorlarning bank xizmatlaridan foydalanishini yanada soddalashtirish va ular uchun vaqt va xarajatni tejaydigan echimlarni kengaytirishda davom etmoqda.