O`zbekiston Milliy simfonik orkestri Evropaning eng nufuzli madaniyat maskanlaridan biri — Fransiyadagi Versal saroyining Qirollik operasida buyuk nemis bastakori Jorj Friderik Handelning «Tamerlano» operasini muvaffaqiyatli ijro etdi.

Mazkur sahna asari avval Dubay, Vena va Sankt-Peterburg shaharlarida namoyish etilgan bo`lsa, endilikda Parij tomoshabinlari ham o`zbekistonlik musiqachilarning yuksak mahoratiga guvoh bo`ldi.

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoevaning ta`kidlashicha, iqtidorli musiqachilar ijrosi madaniy diplomatiyaning turli xalqlarni yaqinlashtirish, o`zaro anglashuv va do`stlikni mustahkamlashdagi muhim o`rnini yana bir bor tasdiqladi.
