Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Toshkentda AQSh savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan uchrashuv o`tkazganini ma`lum qildi.

Uning ta`kidlashicha, so`nggi bir yil davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan va buning natijasida O`zbekiston hamda AQSh o`rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko`tarilgan.
Saida Mirziyoeva yaqin kunlarda o`zaro savdo va investisiyalarni rag`batlantirish to`g`risidagi bitim imzolanishi kutilayotganini ham qayd etdi.

Shuningdek, u AQSh savdo vakiliga O`zbekistonga va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan e`tibori uchun minnatdorlik bildirdi.