Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan axborot sohasidagi samarali mehnati uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
— Farhod Abdullaev — «Sevimli» telekanali boshlovchisi;
— To`lqin Qozoqbaev — yozuvchi va publisist;
— Aziza Qurbonova — OAV uchun kontent tayyorlash markazi mutaxassisi;
— Azizaxon Solieva — «Buvayda ko`zgusi» gazetasi bosh muharriri.
«Do`stlik» ordeni bilan:
— Zuhra Atabekova — «Zuhra_buvi» sahifasi asoschisi;
— Valeriy Biryukov — TASS agentligining O`zbekistondagi muxbiri;
— Rim Mustakimov — «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari xodimi;
— Jahongir Naxanov — «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari bosh muharriri o`rinbosari;
— Lutfulla Suvonov — «Yangi O`zbekiston» gazetasi muxbiri;
— Sharafitdin Tulegenov — «O`zbekiston 24» radiokanali sharhlovchisi;
— Dilshod Shirmuxamedov — «O`zbekiston 24» telekanali teleoperatori.
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan:
— Murodjon Rizaev — «Sport» telekanali sharhlovchisi.
«Sog`lom turmush» medali bilan:
— Laylo Xayitova — «Xabar.uz» nashri muxbiri.
«Kelajak bunyodkori» medali bilan:
— Shohrux Majidov — «Kun.uz» muxbiri;
— Ravshanbek Meliqo`ziev — «Platina.uz» va «Pinkod.uz» loyihalari asoschisi;
— Mahliyo To`lqinova — «Sinchalak blog» sahifasi asoschisi.
«Shuhrat» medali bilan:
— A`lo Abdullaev — O`zA fotomuxbiri;
— Ikrom Avalboev — O`zA muxbiri;
— Akbarali Allaev — «O`zbekiston 24» bosh muharriri;
— Jobirxon Askarov — O`zbekiston mahallalari uyushmasi matbuot kotibi;
— Ilhambek Atamuratov — «Jaslar TV» va «Nukus FM» rahbari;
— Nigora A`loeva — «Daryo.uz» muharriri;
— Nodira Zakirova — «Bir safda» jurnali muharriri;
— Zebiniso Ibragimova — Nurota AKM rahbari;
— Maxsuma Irgasheva — «Saodat» jurnali musahhihi;
— Baxtiyor Karimov — «Mening yurtim» telekanali muharriri;
— Odinaxon Karimova — «Navo» telekanali rahbariyati vakili;
— Dilafruz Kulmatova — «UzReport TV» katta muharriri;
— Yuliya Logvina — «Narodnoe slovo» gazetasi muharriri;
— Otabek Maxmudov — «O`zbekiston tarixi» telekanali teleoperatori;
— Nuriddin Mir-Artikov — G`afur G`ulom nomidagi nashriyot xodimi;
— Miravzal Mirsadiqov — «HIT FM» radiosi prodyuseri;
— Nodirbek Nishonov — «Qurultoy» sahifasi asoschisi;
— Hasan Paydaev — OAV uchun kontent tayyorlash markazi mutaxassisi;
— Timur Salimov — «Zo‘r TV» prodyuseri;
— Yakub Yusupov — «Milliy» telekanali texnik direktor o`rinbosari.