«Biznesni rivojlantirish banki» ATB Islom taraqqiyot bankining Bokudagi yillik anjumanida ishtirok etmoqda

17.06.2026 16:10

Joriy yilning 16–19 iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o`tkazilayotgan Islom taraqqiyot bankining yillik anjumanida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB delegasiyasi faol ishtirok etmoqda.


Mazkur nufuzli xalqaro tadbir doirasida Bankning alohida ko`rgazma stendi tashkil etilgan bo`lib, unda bank faoliyati, strategik rivojlanish yo`nalishlari, xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari, tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar hamda islomiy moliyalashtirish yo`nalishida amalga oshirilayotgan tashabbuslar xalqaro jamoatchilikka taqdim etilmoqda.


Shuningdek, anjuman doirasida xorijiy moliya institutlari va investorlarga bankning moliyaviy salohiyati, xalqaro kredit liniyalari va investisiyaviy loyihalari namoyish qilinib, istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, yangi sheriklik aloqalarini yo`lga qo`yish hamda mavjud hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o`tkazilmoqda. Shu bilan birga, mahalliy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun qo`shimcha xorijiy moliyaviy resurslarni jalb etish, islomiy moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish va mazkur sohadagi ilg`or xalqaro tajribani o`rganish masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda.


Mazkur xalqaro platforma «Biznesni rivojlantirish banki» ATB uchun xorijiy investorlar va moliyaviy hamkorlar bilan o`zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish, shuningdek, milliy iqtisodiyotga xalqaro investisiyalarni jalb qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар