Joriy yilining 16 iyun kuni Beshinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB rahbariyati hamda Standard Chartered bankining Bosh ijrochi direktori janob Sayf Malik boshchiligidagi delegasiya o`rtasida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar xalqaro moliya bozorlaridagi so`nggi tendensiyalar, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari hamda banklararo munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Xususan, xalqaro qarz bozorlarida ishtirok etish, sindisirlangan kredit liniyalarini jalb qilish va savdoni moliyalashtirish dasturlarini rivojlantirish bo`yicha fikr almashildi.
Standard Chartered banki delegasiyasi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va bank-moliya sektoridagi transformasiya jarayonlarini yuqori baholab, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB bilan uzoq muddatli va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Mazkur uchrashuv «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, respublika iqtisodiyotiga uzoq muddatli xorijiy kapitalni jalb qilish hamda xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish yo`lidagi muhim qadamlardan biri bo`ldi.


