Toshkentda BRB Korporativ universiteti loyihasi taqdim etildi

20.05.2026 12:58

2026 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash, zamonaviy boshqaruv ko`nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan BRB Korporativ universiteti loyihasining tantanali taqdimoti bo`lib o`tdi.

Mazkur loyiha biznes-ta`lim sohasidagi dunyoning etakchi markazlaridan biri — “SKOLKOVO” Moskva boshqaruv maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ta`kidlanishicha, universitet O`zbekistonning milliy rivojlanish instituti sifatida, mamlakatning hududiy xususiyatlari va real biznes ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi.

Taqdimot davomida qayd etilishicha, bugungi kunda kichik va o`rta biznes O`zbekiston iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylangan. Ushbu soha mamlakat yalpi ichki mahsulotining 54,3 foizini shakllantirib, 10,5 milliondan ortiq aholi bandligini ta`minlamoqda. Shuningdek, har yili mehnat bozoriga qariyb 600 ming nafar yoshlar kirib kelayotgani tadbirkorlik va zamonaviy boshqaruv bilimlariga bo`lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bugungi sharoitda tadbirkorlar uchun faqat moliyaviy resurs yoki kreditning o`zi etarli emas. Bozorni chuqur tahlil qilish, raqamli texnologiyalarni qo`llash, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va zamonaviy biznes ko`nikmalariga ega bo`lish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

BRB Korporativ universiteti aynan shu ehtiyojlarni qoplash hamda mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi yangi bilim va tajriba platformasi sifatida faoliyat yuritadi.

Loyiha doirasida universitet bir vaqtning o`zida bank xodimlari uchun ichki rivojlanish markazi, tadbirkorlar va mijozlar uchun esa zamonaviy biznes-ta`lim maydoni vazifasini bajaradi.

Hozirda universitet faoliyatining bir nechta ustuvor yo`nalishlari belgilangan: — raqamli transformasiya, sun`iy intellekt va zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etish; — kichik va o`rta biznes vakillarini o`qitish, marketing, eksport hamda e-commerce yo`nalishlarini rivojlantirish; — BRB Startup Hub orqali istiqbolli startap va innovasion g`oyalarni qo`llab-quvvatlash; — xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish; — bank tizimida tadbirkorlik tafakkuri, raqamli savodxonlik va mijozlar bilan ishlash kompetensiyalarini oshirish.

Shuningdek, ta`lim sifatini yuqori darajada tashkil etish maqsadida bankning tajribali mutaxassislari va rahbarlaridan iborat ichki ekspertlar, mentor va ustozlar bazasi shakllantirilishi ma`lum qilindi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар