O`zbek kinoijodkorlari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

20.05.2026 09:57

So`nggi yillarda O`zbekistonda milliy kino san`atini rivojlantirish, yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash va zamonaviy kino mahsulotlarini yaratish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan sohaga qaratilayotgan e`tibor natijasida o`zbek kinoijodkorlari xalqaro maydonlarda ham yuksak natijalarga erishmoqda.

Ana shunday muhim yutuqlardan biri Fransiyaning Kann shahrida bo`lib o`tgan ENTRE DEUX CANNES xalqaro inklyuziv kinofestivalida qayd etildi. O`zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi festivalning Gran-pri mukofotini qo`lga kiritdi.

Mazkur muvaffaqiyat milliy kino san`atining xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Ushbu tarixiy yutuq munosabati bilan Prezidentning “Xalqaro kinofestivalda g`oliblikni qo`lga kiritgan yosh ijodkorlarni mukofotlash to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, xalqaro maydonda yurtimiz sha`nini munosib himoya qilgan bir guruh yosh kinoijodkorlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Bu mukofot yosh ijodkorlarning san`atga bo`lgan fidoyiligi, izlanishi va mashaqqatli mehnatiga berilgan yuksak e`tirof bo`ldi. 

Bugungi kunda o`zbek kino maktabining yangi avlodi milliy qadriyatlar, insonparvarlik g`oyalari va zamonaviy dunyoqarash uyg`unligidagi filmlarni yaratib, xalqaro auditoriya e`tiborini tortmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu esa o`zbek kinosi yangi bosqichga ko`tarilayotganidan dalolat beradi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар