Ziroat Mirziyoeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi

05.05.2026 07:25

O`zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoeva va mamlakatga tashrif bilan kelgan Malayziya qirolichasi Raja Zarit Sofiyaning uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoevaning Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv doirasida oliy martabali mehmon o`zbek amaliy san`ati, noyob ijod namunalari, milliy liboslar bilan tanishgan, shuningdek, o`zbek xalqining boy an`ana va urf-odatlari haqida batafsil ma`lumot olgan.

Bildirilishicha, samimiy va ochiq muloqot ruhida o`tgan suhbat davomida xonimlar O`zbekiston va Malayziya o`rtasidagi do`stlikni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

 


 

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар