Ziroat Mirziyoeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

29.04.2026 11:10

Ziroat Mirziyoeva ekomaktab o`quvchilari va mahalliy aholi bilan birgalikda Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi.

Yaqin-yaqingacha bo`sh turgan qariyb 8 gektarlik maydonga hududning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlangan 3 ming tupdan ortiq daraxt va o`simlik ko`chatlari o`tqazilmoqda.

Yangi bog` nafaqat shaharga ko`rk bag`ishlaydi, balki hududning ekologik holatini yaxshilashga muhim hissa qo`shib, aholi uchun so`lim dam olish va muloqot maskaniga aylanadi.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар