Ilk tikuv mashinalari XIX asr boshlarida sanoat inqilobi davrida yaratildi va to`qimachilik sohasida haqiqiy burilish yasadi. 1830 yilda fransuz ixtirochisi birinchi amaliy tikuv mashinasini namoyish etgan bo`lsa, keyinchalik amerikalik Elias Xou va Isak Zinger uni takomillashtirib, ommaviy ishlab chiqarishga yo`l ochdi.
Bugungi kunga kelib esa, jahon bozorida etakchi bo`lib kelayotgan, Xitoyga tegishli bo`lgan "HIKARI" brendi ostidagi tikuv mashinalar o`z texnologiyasini O`zbekistonga ham olib kirdi.
Ushbu kompaniya ishlab chiqargan tikuv mashinalarining to`liq taqdimoti Namangan shahrida bo`lib o`tdi. Unda HIKARI kompaniyasining eng yangi innovasion mahsulotlari INTECH dilerlik kompaniyasi tomonidan keng jamoatchilikka taqdim etildi. Ushbu taqdimot nafaqat soha mutaxassislari, balki tikuvchilikka qiziqqan yoshlar, shahar aholisi va tadbirkorlar uchun ham katta qiziqish uyg`otdi.
Tadbirda HIKARI kompaniyasining asoschisi va bosh direktori janob Vu shaxsan ishtirok etib, yangilangan modellarning xususiyatlari haqida yig`ilganlarga ma`lumotlar berdi.
Shuningdek, taqdimot marosimida Namangan, Andijon, Farg`ona va respublikaning boshqa hududlaridagi tikuv fabrikalari rahbarlari, mexaniklari va namanganlik mohir tikuvchilar ham ishtirok etishdi.
Taqdimot davomida sun`iy intellekt asosida ishlovchi yangi avlod tikuv mashinalari, energiya tejamkor texnologiyalar va ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi echimlar namoyish etildi. Bir vaqtning o`zida ishtirokchilar mahsulotlarni bevosita sinab ko`rish imkoniga ega bo`lishdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar o`z omadlarini sinovdan o`tkazib, 3 nafar ishtirokchi kompaniyaning yangi tikuv mashinalarini yutib oldi. Tadbir yakunida ko`plab hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu esa "HIKARI" kompaniyasining O`zbekiston bozoriga kirib kelishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo`lga qo`yishidan darak beradi.