Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo`mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi.
Aytilishicha, uchrashuvda juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilingan. «Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirishib bormoqdamiz, bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega. Muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e`tibor qaratildi», deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida Qo`mita missiyasining O`zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko`rib chiqildi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Saida Mirziyoeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini o`qib eshittirgandi. Shuningdek, Prezident Administrasiyasi rahbari narkojinoyatchilikka qarshi texnologiya va uskunalar bilan tanishdi.