Respublikada suyultirilgan gaz bozorida qish oylarida kuzatilgan keskin narx o`sishlari ortida sun`iy omillar bo`lgani rasman tasdiqlandi. Bu bo`yicha ish Raqobat qo`mitasi huzuridagi Maxsus komissiya tomonidan ko`rib chiqilgan.
Tekshiruvlar 2025 yil noyabr–dekabr oylari hamda 2026 yil yanvar oyida o`tkazilib, qishning eng talab yuqori bo`lgan davrida ayrim importchilar bozorga ta`sir o`tkazishga uringani aniqlangan.
Aniqlanishicha, 31 ta xo`jalik yurituvchi sub`ekt tomonidan birja savdolarida boshlang`ich narxlarni asossiz oshirish; mahsulot hajmini to`liq chiqarmasdan sun`iy tanqislik yaratish; tovarni qonunchilikka zid ravishda to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar orqali sotish holatlari aniqlangan.
Shu bilan birga, 12 ta kompaniya birja savdolarida o`zaro kelishgan holda harakat qilgan.
O`tkazilgan nazorat tadbirlari hamda ishni ko`rib chiqish jarayonida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bilan olib borilgan muhokamalardan kelib chiqib, mazkur 31 ta sub`ektga nisbatan jazo choralari qo`llandi. Bular:
— “Poytug` gaz to`ldirish korxonasi" MChJ
— “Taraqqiyot gaz servis” MChJ
— “Shirin Gaz Servis” MChJ
— “Oltinko`l Hamkor Rivoj” MChJ
— “Osiyo Hamkor Maks" MChJ
— Inginering Gazavto Servis MChJ
— “Namangan-Istiqlol Bog`i” MChJ
— “Nasaf Taminot Gaz Press” MChJ
— Friday-Exstra XK
— “Saidbek Turabov” MChJ
— Planeta Neft Gaz Invest MChJ
— Gold Samarkand Oil MChJ
— Maroqand-Energy Gaz Oil MChJ
— Asatillo Bobo Gaz Invest MChJ
— Unit Group Sirdarya MChJ
— GAZONE MCHJ
— CRITICAL MERCHANT MCHJ
— NAFTON MCHJ
— “Farg`ona gaz to`ldirish stansiyasi” MChJ
— Davr Global System MCHJ
— Lutf Gaz Oil MCHJ
— Prime Energi Oil MCHJ
— Oilchem MCHJ
— Sh-Z Handsome Group MCHJ
— Crude Oil MCHJ
— Tarbatneft MCHJ
— Interneft MCHJ
— GTL Gaz MCHJ
— Wimbledon Oil MCHJ
— Inter Gas Oil Lpg MCHJ
— Energie-Group MCHJ
Shulardan 12 ta sub`ekt tomonidan birja savdolarida raqobatga zid bo`lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirganlik holatlari, qolgan holatlarda birja savdolarida boshlang`ich narxlarni asossiz oshirish, mahsulotni qonunchilikka zid ravishda to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida sotganlik harakatlari sodir etgani aniqlangan:
— “Shirin Gaz Servis” MChJ
— “Nasaf Taminot Gaz Press” MChJ
— Friday-Exstra XK
— Maroqand-Energy Gaz Oil MCHJ
— Asatillo Bobo Gaz Invest MChJ
— Unit Group Sirdarya MCHJ
— Gazone MCHJ
— “Farg`ona gaz to`ldirish stansiyasi” MChJ
— Oilchem MCHJ
— Sh-Z Handsome Group MCHJ
— Interneft MCHJ
— GTL GAZ MCHJ
Yuqoridagi asoslarga ko`ra, qo`mita maxsus komissiyasi tomonidan 31 ta sub`ektga qonunbuzilishi davridagi tovar aylanmasiga nisbatan (28,9 mlrd so`m) miqdorida moliyaviy jarima qo`llash hamda asossiz olingan (34,1 mlrd so`m) pul mablag`larini respublika byudjetiga yo`naltirish bo`yicha qaror qabul qilindi, deyiladi Qo`mita xabarida.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida yo`l qo`ymaslik to`g`risida bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatma berilgan.
Ko`rilgan keskin choralardan keyin propan narxi 21% gacha arzonlashgan.
Bu holat juda muhim bir haqiqatni ochib berdi, demak avvaldan ham bozordagi ayrim narx oshishlari iqtisodiy emas, balki sun`iy ravishda yaratilgan bo`lishi mumkin.
Alohida e`tirof etish lozimki, so`nggi paytlarda Raqobat qo`mitasining ishlari ko`zga ko`rinmoqda. Shunday davom etishi respublikada adolat muhitini yaxshilashga hissa qo`shishiga umid qilish mumkin.