«Payme» aksiyadorlik jamiyati Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan 2026 yil 5 martda qabul qilingan qarorga asosan, Jamiyatdan mas`uliyati cheklangan jamiyatni ajratib chiqarish yo`li bilan uni qayta tashkil etish jarayoni boshlanganini ma`lum qiladi.
Qayta tashkil etish O`zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan tartib va shartlar asosida amalga oshiriladi. Tuzilgan barcha shartnomalar bo`yicha Jamiyatning huquq va majburiyatlari Jamiyatning o`zida saqlanib qoladi hamda yangi tashkil etilayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyatga o`tkazilmaydi.
Jamiyat kreditorlari O`zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda Jamiyatning qayta tashkil etilishi munosabati bilan o`z talablarini qo`yishga haqlidir.
Kreditorlarning talablari yozma shaklda Jamiyat joylashgan manzilga yuborilishi mumkin.