Baxtiyor Fozilov  sirlari nega ochiqlana boshladi?

10.03.2026 16:57

Malak opa:
Baxtiyor Fozilov  sirlari nega ochiqlana boshladi?

Shov-shuvli biznes imperiyasining katta ro`yxati e`lon qilindi, u nega shu paytgacha ochiqlanmagan, aksincha, sir saqlangan edi? Endi nima yuz berdi? Bu an`ana davom etishi mumkinmi? Ya`ni, boshqa, nomi xalq orasida mashhur-u, rasman biror xabar topilmaydigan yirik shaxslarning bizneslari ham ochiqlanishi mumkinmi? 

Davlat reestriga asosan, Fozilov Baxtiyor Shuhratovich bevosita va bilvosita ta`sischisi bo`lgan hamda uning ulushlari mavjud korxonalar ro`yxati ochiqlandi. Bular:

1. “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ QK. Faoliyat turi — neft qazib olish. 08.06.2017 yilda ochilgan.

2. “Sanoat Energetika Guruhi Enera” MChJ QK. Faoliyat turi — holding kompaniyalar faoliyati. 24.05.2022 yilda ochilgan.

3. “Enter Engineering” PTE LTD. Faoliyat turi — muhandislik inshootlari qurish. 23.05.2018 yilda ochilgan.

4. “Sam Air” MChJ. Faoliyat turi — aviakompaniya. 2022 yil 4 aprelda ochilgan.

5. “Tashkent International Medical Center” MChJ. Faoliyat turi — shifoxona. 16.04.2020 yilda ochilgan.

6. “Mironkul Stroy Servis” MChJ. Faoliyat turi — sovuq holda qoliplash va falsovka qilish. 06.02.2013 yilda ochilgan.

7. “FC-Surkhan” MChJ. Faoliyat turi — futbol klubi. 21.12.2021 yilda ochilgan.

8. “Marakand Logair” MChJ. Faoliyat turi — logistika. 2020 yil 15 oktyabrda ochilgan.

9. “Helicon” MChJ. Faoliyat turi — ixtisoslashgan dizaynerlik faoliyati. 25.10.2021 yilda ochilgan.

10. “Samarkand Touristic Centre” MChJ. Faoliyat turi — mehmonxonalar va shunga o`xshash yashash joylari. 20.11.2019 yilda ochilgan.

11. “Family Park” MChJ. Faoliyat turi — maydonlarni ijaraga berish va boshqarish. 19.02.2018 yilda ochilgan.

12. “Wind Rose” MChJ. Faoliyat turi — dam olish xizmatlarini tashkil etish. 20.09.2016 yilda ochilgan.

13. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti MChJ. Faoliyat turi — nodavlat oliy ta`lim muassasasi. 04.02.2022 yilda ochilgan.

14. “Gas Chemical Complex Mto Central Asia” MChJ. Faoliyat turi — plastmassa ishlab chiqarish. 08.06.2022 yilda ochilgan.

15. “Mercian Wellness” MChJ. Faoliyat turi — sog`liqni saqlash sohasidagi xizmatlar. 14.02.2024 yilda ochilgan.

16. “Arkchemical” MChJ. Faoliyat turi — plastmassa ishlab chiqarish. 30.06.2023 yilda ochilgan.

17. “Toshkent Samarqand Avtomagistrali” MChJ. Faoliyat turi — yo`llar va shosselar qurish. 20.02.2024 yilda ochilgan.

18. “Geo Research And Development Company” MChJ. Faoliyat turi — me`morchilik. 04.04.2019 yilda ochilgan.

19. “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ. Faoliyat turi — neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish. 05.02.1999 yilda ochilgan.

20. “Saneg Elements” MChJ. Faoliyat turi — kimyo sanoati va o`g`itlar ishlab chiqarish uchun mineral xom ashyolar qazib olish. 03.03.2023 yilda ochilgan.

21. “Saneg Karakul” MChJ. Faoliyat turi — ixtisoslashgan do`konlarda motor yoqilg`isi chakana savdosi. 26.07.2023 yilda ochilgan.

22. “Saneg Powers” MChJ. Faoliyat turi — issiqlik elektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish. 25.05.2023 yilda ochilgan.

23. “Osiyotech” MChJ. Faoliyat turi — kompyuter dasturlashtirish sohasi. 17.03.2023 yilda ochilgan.

24. “Ark Port” MChJ. Faoliyat turi — havo transporti sohasidagi xizmatlar. 20.11.2023 yilda ochilgan.

25. “Karauzyak Management” MChJ QK. Faolit turi — kompleks ma`muriy-boshqaruv xizmati ko`rsatish. 16.12.2022 yilda ochilgan.

26. “Gallaaral Management” MChJ QK. Faolit turi — kompleks ma`muriy-boshqaruv xizmati ko`rsatish. 16.02.2022 yilda ochilgan.

27. “Boqiy Buxoro Tarixiy-Etnografik Parki” MChJ. Faolit turi — mehmonxonalar va shunga o`xshash yashash joylari. 22.09.2023 yilda ochilgan.

28. “Air Marakanda” MChJ. Faolit turi — havo transporti sohasidagi xizmatlar. 09.04.2020 yilda ochilgan.

29. “Triangul Metals Tebinbulak” MChJ QK. Faoliyat turi — temir rudasini qazib olish. 07.04.2021 yilda ochilgan.

30. “Enera Aniqlik” MChJ. Faoliyat turi — auditorlik. 26.07.2023 yilda ochilgan.

31. “Seg Tasco” MChJ. Faoliyat turi — qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg`i va shu kabi mahsulotlar ulgurji savdosi. 15.02.2022 yilda ochilgan.

32. “First Falcon Logistics” MChJ. Faoliyat turi — havo yuk transporti. 17.08.2022 yilda ochilgan.

33. “Seg Motol” MChJ. Faoliyat turi — neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish. 29.12.2021 yilda ochilgan.

34. “Piskent Meva” MChJ. Faoliyat turi — yashashga yaroqsiz joylarni ijaraga berish va boshqarish 17.02.2016 yilda ochilgan.

35. “Eriell Group” — neft konlari xizmatlari. 2004 yilda ochilgan.

35 ta yirik biznes. Ularning taqdiri nima bo`ladi? Bu bizneslarda mehnat qilib, o`z haqqini ololmagan oddiy xodimlarning ish haqlari qaysi hisobdan to`lanadi? Bu bizneslar ichida boshqa qonunga xilof ishlar ham bor edimi, ular ham ommaga oshkor qilinadimi? Ushbu savollarning javobi oxir-oqibat ochiqlanishi aniq.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар