“UNICON SOFT” — davlat va biznes uchun ishonchli SI xizmatlarini taklif etadi

04.03.2026 17:16

“Unicon Soft” kompaniyasi sun`iy intellekt yo`nalishida to`liq siklli xizmatlarni taqdim etadi. Xizmatlarimiz SI infratuzilmasini loyihalashdan tortib, amalda ishlayotgan va real natija berayotgan SI asosidagi axborot tizimlarini joriy etishgacha bo`lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi.

Biz qanday ishlaymiz?

Unicon Soft’ning ishlash modeli aniq va natijaga yo`naltirilgan:

Server → SI platforma → SI model → Integrasiya → Amaliy natija

Bu yondashuv har bir loyihaning texnik, biznes va xavfsizlik talablariga to`liq mos holda amalga oshirilishini ta`minlaydi.

NVIDIA GPU infratuzilmasi va SI serverlari

Kompaniya zamonaviy NVIDIA GPU texnologiyalari asosida qurilgan yuqori unumli SI serverlarini etkazib beradi. Biz H200, B200 va B300 asosidagi NVIDIA AI serverlarini eng qisqa muddatlarda taklif etamiz.

Xizmatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • serverlarni o`rnatish, to`liq sozlash va ishga tushirish;
  • data-markazda yoki mijoz hududida (on-prem) joylashtirish;
  • mavjud infratuzilmaga moslashtirish va optimallashtirish.

SI integrator sifatidagi xizmatlarimiz

Unicon Soft mijoz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kompleks SI echimlarni ishlab chiqadi va joriy qiladi:

  • mijoz talabiga mos SI modellarni yaratish;
  • mavjud tayyor modellarni moslashtirish va takomillashtirish (fine-tuning);
  • SI asosida ishlovchi axborot tizimlarini loyihalash va ishga tushirish;
  • mavjud korporativ tizimlar bilan integrasiya (ERP, CRM, Billing, Workflow, DWH, API va boshqalar).

Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik

Kompaniya axborot xavfsizligi masalalariga alohida e`tibor qaratadi. Barcha echimlar davlat va korporativ xavfsizlik talablariga to`liq mos holda ishlab chiqiladi.

  • barcha ma`lumotlar yopiq tarmoq ichida qayta ishlanadi;
  • tashqi bulutlar yoki uchinchi tomon serverlaridan foydalanilmaydi;
  • to`liq on-prem yoki mahalliy GPU infratuzilmasi qo`llaniladi;
  • ma`lumotlar mijoz hududidan tashqariga chiqmaydi.

O`zbekistonda GPU serverlarini ijaraga berish

Yaqin orada Unicon Soft O`zbekiston hududida joylashgan GPU serverlarini ijaraga berish xizmatini ishga tushiradi. Ushbu xizmat quyidagi vazifalar uchun mo`ljallangan:

  • CB modellarni o`qitish (training);
  • fine-tuning va inference jarayonlari;
  • Big Data tahlil va analitika;
  • pilot loyihalar va muvaqqat SI echimlar.

Bu xizmat kompaniyalarga katta sarmoyasiz zamonaviy SI hisoblash quvvatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Kimlar uchun mo`ljallangan?

Unicon Soft’ning SI echimlari quyidagi tashkilotlar uchun mos keladi:

  • davlat tashkilotlari, vazirliklar va idoralar;
  • banklar va moliya instituti;
  • sanoat korxonalari va yirik biznes tuzilmalari.

Bog`lanish uchun: +998 70 000 77 17 (09:00 dan 18:00 gacha)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар