“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg`or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF–25-son Farmoniga ko`ra, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarning ustuvor yo`nalishlari belgilandi.
Farmonga ko`ra standartlashtirish yo`nalishida:
• Sanoatda to`liq xalqaro standartlarni qo`llashga o`tiladi;
• O`zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini O`zbekiston standartlar institutiga qo`shib olish orqali qayta tashkil etiladi;
• Veterinariya, o`simliklar karantini, sanitariya va muvofiqlikni baholash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishda o`quv dasturi va ta`lim tashkilotini mustaqil tanlash imkoni beriladi;
• Muvofiqlikni baholash organlariga Milliy akkreditasiya tizimida akkreditasiya o`tgan holda eksport bozorlarida talab etilayotgan xorijiy standartlar asosida muvofiqlikni baholash ishlarini o`tkazishga ruxsat etiladi.
• Standart va texnik reglament ishlab chiqish va qabul qilish amaliyotini xalqaro talablar asosida tashkil etish maqsadida: 2026 yil 1 maydan boshlab har qanday darajadagi standartlardan foydalanishga ixtiyoriy tus beriladi, xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilishning xalqaro amaliyoti joriy etiladi hamda standartlaring rasmiy ro`yxati milliy standartlar darajasida shakllantiriladi.
• Quyidagi iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish to`liq xalqaro standartlar asosida tashkil etiladi:
a) 2026 yil 1 iyuldan to`qimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari;
b) 2027 yil 1 yanvardan neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlar;
v) 2028 yil 1 yanvardan energetika, kimyo, ekologiya, xizmat ko`rsatish sohalari.
• Texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
a) Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo`yicha "El-yurt umidi" jamg`armasining magistratura va doktorantura dasturlari bo`yicha ta`lim olish uchun stipendiya kvotalarini ajratishda texnik jihatdan tartibga solish (shu jumladan, standartizasiya, metrologiya va akkreditasiya) sohasiga ham maqsadli asosda ustuvorlik beriladi;
6) 2026/2027 o`quv yilidan boshlab standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo`nalishlarida tahsil olayotgan oliy ta`lim muassasalari talabalari uchun:
1) Agentlik va uning tizim tashkilotlarining mablag`lari hisobidan “Maxsus stipendiya” ta`sis etiladi;
2) rivojlangan davlatlar, xususan Evropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini o`rganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
3) so`nggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi "2+2" shaklidagi qo`shma ta`lim dasturlari ishlab chiqiladi.
• Mazkur Farmonga 3-ilovada keltirilgan xalqaro standartlar qabul qilish uchun 2026-2028 yillarda O`zbekiston standartlar institutiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti hisobidan 78,8 mlrd so`m mablag`lar ajratiladi.