- Sud raisi fuqarolarni qabul qilmayapti, degan e`tiroz bo`ldi. Bu noto`g`ri e`tiroz. Sud raisi adolatni qaror toptirish uchun hech kim bilan alohida gaplashmasligi kerak. Sud qarorlariga e`tiroz bildirishning tizimi bor, shunga amal qilinishi shart. Adolatli qarorni adolatsiz deb hisoblaydigan ikkinchi taraf doimo bo`lgan, bor va bundan keyin ham bo`ladi. Sud raislari har bir qarori uchun tushuntirish beraversa, norozi tomonning shikoyatlari bilan o`ralashib yuraversa, biz hech qachon adolatli sudlov tizimiga erisha olmaymiz.
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi yig`ilishida «Sudlar to`g`risida»gi qonun loyihasi muhokama etilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi yig`ilishida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov «Sudlar to`g`risida»gi qonun loyihasi muhokamasida so`z olib, so`nggi yillarda adolatli sud tizimini qaror toptirish, sudlar mustaqilligini ta`minlash borasida samarali islohotlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.
- Sud tizimida bo`layotgan islohotlarni ko`z bilan ko`rmaslik uchun ko`r bo`lish kerak, - dedi Alisher Qodirov.