Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig`ilishida Prezident tez o`zgaruvchan mintaqaviy va global vaziyatni hisobga olgan holda mamlakatning harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlash zarurligi haqida so`zladi. Shuningdek, davlat rahbarining nutqi davomida asosan quyidagi yo`nalishlar bo`yicha qarorlar qabul qilindi:
- mudofaa sohasida xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishga qaratilgan tizimli va proaktiv yondashuvga o`tish vazifasi qo`yildi;
- Qurolli Kuchlarning modernizasiyasi mobillik, texnologik jihozlanganlik va boshqaruv samaradorligini oshirishga, raqamli echimlar va zamonaviy texnologiyalarni keng qo`llashga tayanishi kerakligi qayd etildi;
- mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, uning texnologik darajasi va barqarorligini oshirish, raqamli echimlar va sun`iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo`nalishlari belgilandi;
- armiyaning inson kapitalini rivojlantirish va harbiy ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, o`quv jarayonini Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti negizida raqamli va intellektual ta`lim texnologiyalaridan foydalangan holda yo`lga qo`yish muhimligi qayd etildi;
- harbiy-ilmiy va infratuzilmaviy bazani mustahkamlash, muhandis-texnik va kibermutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash uchun sharoitlar yaratish zarurligi ta`kidlandi,
- sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997 yildagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko`rib chiqish vaqti kelgani ko`rsatib o`tildi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig`ilishida quyidagi vazifa va imkoniyatlar belgilab olindi:
- muddatli harbiy xizmatning yangi modeli shakllantirilishi belgilandi, bunda har bir harbiy xizmatchi armiyadan qaytganda kasbiy ko`nikmalar va real istiqbollarga ega bo`ladi;
- "Bir million dasturchi" va "Sun`iy intellekt sohasida besh million etakchi" dasturlari doirasida har yili 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilar o`qitiladi;
- muddatli harbiy xizmatni o`tash davrida oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgandan keyin o`qishi qo`llab-quvvatlanadi, shu jumladan sertifikat xarajatlari qoplanadi va foizsiz ta`lim kreditlari beriladi;
- muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarni ish bilan ta`minlashga ko`maklashish choralari kengaytirilmoqda, shu jumladan ularning tadbirkorligi qo`llab-quvvatlanadi va ishga joylashishda qo`shimcha imtiyozlar beriladi;
- harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlari yanada yaxshilanadi, harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoya qilishga alohida e`tibor qaratiladi:
- 1 apreldan boshlab ofiserlarning ko`p yillik xizmati uchun ustama haqi 2 baravarga oshiriladi;
- kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchilar va serjantlarning ish haqi 10 foizga oshiriladi;
- hududiy mudofaa organlarining harbiy bo`lmagan xodimlari mehnatiga haq to`lash joriy yilda 20 foizga, kelgusi yilda yana 50 foizga oshiriladi;
- 30 yildan ortiq ish stajiga ega bo`lgan harbiy xizmatchilarga pensiya hisoblashda hisobga olinadigan pul ta`minoti miqdori 75 foizdan 100 foizgacha oshiriladi;
- ma`naviy-ma`rifiy tarbiya maqsadida joriy yilda harbiy qism va muassasalar 1 million nusxada badiiy adabiyotlar bilan ta`minlanadi;
- armiyada sportni rivojlantirish davom ettiriladi, jumladan, yoshlarning qiziqishiga javob beradigan zamonaviy yo`nalishlar joriy etiladi;
- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bunda raqamli makon xususiyatlarini hisobga olish muhimligi ta`kidlandi.