Chavandozlar ilk bor ma`naviy sovrin uchun bellashdi

20.12.2025 16:04



Ko`pkari o`yinining maqsadi – chavandozning shunchaki uloqni olib, taqimdan tushirmay bir marradan ikkinchi marra marraga ya`ni “qozon”ga abjirlik, kuch va g`ayrat bilan olib borib tashlashgina emas.
        
Bu azaliy musobaqaning falsafasi juda katta tafakkur bilan raqibning kuchini to`g`ri baholash, otning ishtiyoqi va shiddatiga xolis baho berish, halollik bilan uloqni etkazish, milliy g`ururni toblash hamdir. Shu sababli uning tomoshabini ham, qiziquvchilari ham doim bisyor. “Ko`pkari – ko`pning ishi” degan naql bejiz aytilmagan.
Bekobodda o`tgan qiziqarli ko`pkariga albatta tadbirkor va saxovatpesha kishilar ataganini tikkan – gilam, pul, maishiy texnikadan tortib qo`y, buqa, tuya va hokazolar...

Ammo zotga – bosh sovringa katta sandiqlarda ming kitob (badiiy va siyosiy adabiyotlar, qo`llanmalar, ensiklopediyalar) qo`yilgani bahslarga chin ziyolicha yondashuv bo`lgani ham rost. Sirdaryolik Shoxruh va bekobodlik Firdavs polvonlar juda xursand bo`ldi.

Ikkinchi va uchinchi o`rinlar ham kreativ sovrin bo`ldi. Quyosh panellari ham bir kunlik buyum emas, chavandoz uyini nurafshon etadigan foydali mukofot. Chinorlar mahallaga ekilsa, yuz yillar davomida falon ko`pkaridan yutilgan sovrin, deb eslab yuriladigan hodisa. 
Aslida ko`pkari – bu shunchaki ko`ngilochar o`yin emas. Yurt uzra dovyuraklik, jasurlik, yaxshiliklar targ`ibotining ommaviy maydoni hamdir. 

Ma`naviyatimiz uchun yaxshi ibrat bo`layotgan Bekobod tumanidagi bunday kreativ yondashuv ota-bobolarimizning tabiat va inson uyg`unligi, otga mehr, bag`rikenglik, halollik, teran qarashlar uyg`unligi kabi ko`pkari o`yinning boqiy falsafasiga hamohangligi ham rostdir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар