Rossiyaning Amur viloyatiga ishga ketgan fuqarolar Mehnat migrasiyasi agentligidan yordam so`rab, «Biz yoningizdamiz» @bizyoningizdamizbot botiga murojaat qilmoqda. Amur viloyatining «Pik industriya» kompaniyasi zavodiga ishlash uchun borgan fuqarolar maosh va zavoddagi vaziyat kelishilgan shartnoma asosida emasligini aytmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, ishchilar maoshi shartnomada ko`rsatilgan miqdordan kam va ish soati mayordan ko`p. «Har kuni 12 soatdan bir kun ham dam olmasdan ishlaymiz. Hozirda 40-43 ming rubl maosh olayapman. Aslida esa haftada 5 kun 8 soatdan ishlashimiz va 60 ming rubl maosh olishimiz kerak edi», deydi murojaat yo`llagan fuqaro.
Tegishli idoralardan xorijda yurgan fuqarolarimizga yordam ko`rsatishlarini so`rab qolamiz.