Endi dorilar faqat resept bilan sotiladi

12.12.2025 11:44


Qabul qilingan yangi qoidalarga ko`ra, 2025 yil 10 dekabrdan O`zbekistonda ko`plab dorilar faqat shifokor resepti bilan beriladi. Ro`yxatda 13 mingga yaqin preparatlar bor, ular orasida antibiotiklar, gormonal va tibbiy spirt ham mavjud.

Vazirlar Mahkamasining №570 qaroriga ko`ra, O`zbekistonda sog`liqni saqlash tizimida boshlangan keng ko`lamli islohotlar natijasi o`laroq, «Elektron resept» DMED axborot tizimi joriy etilyapti. 


2025 yil 10 dekabrdan Toshkentda hamda mamlakatning 15 shaxar va tumanlarida sinov tariqasida «Elektron resept» tizimi joriy qilinadi. 2026 yil oxiriga qadar barcha tibbiyot muassasalari va aptekalarni tizimga ulanadi va 2027 yil yanvardan to`liq tizimga o`tiladi.


Barcha tibbiy va farmasevtika tashkilotlari DMED raqamli sog`liqni saqlash platformasi orqali ish olib borishga majbur bo`ladi. Platforma to`liq ishga tushguncha, sog`liqni saqlash vazirligining mavjud elektron sog`liqni saqlash tizimida ishlash davom ettiriladi.


Mazkur dori-darmonlarning tayinlanishi va berilishi raqamli formatda yangilanib, avtomatik tarzda «Elektron resept» moduliga o`tkaziladi. Shifokorlar tayinlaydigan dorilar – ayrim kuchli ta`sir qiluvchi, psixotrop moddalar va reimbursasiya dasturiga kirgan preparatlardan tashqari, xalqaro patentlanmagan nomlariga ko`ra belgilanishi kerak.
Elektron reseptda 
Tibbiy tashkilot va uning lisenziyasi haqidagi ma`lumotlar;
Bemor haqidagi ma`lumotlar (JShShIR, F.I.Sh., tug`ilgan sana);
Diagnoz (MKB bo`yicha);
Dori nomi, dozasi, qabul qilish rejasi va muddati;
Resept raqami va berish sanasi;
Shifokorning ma`lumotlari kabilar bo`ladi.
Agar elektron resept bilan faqat O`zbekistonda ro`yxatdan o`tgan preparatlar berilsa, farmasevtlar preparatning seriyasi, tugash muddati va partiyasini tizimga kiritishi kerak. Shifokorlar esa preparatlarning harakati haqida onlayn kuzatish imkoniga ega bo`ladi.
Elektron resept tibbiy ko`rsatmalar bo`lmagan holda, mamlakatda ro`yxatdan o`tmagan dorilarga (orfan preparatlaridan boshqasi) hamda anesteziya uchun qo`llaniladigan vositalarga tuzilmaydi.


Sog`liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan  tibbiy muassasalarda elektron reseptlarni to`g`ri tuzish bo`yicha nazorat amalga oshiriladi. Dorixonalarda  ushbu tizimni qo`llash bo`yicha nazorat farmasevtika xavfsizligi markaziga yuklatiladi.

Sog`liqni saqlash vazirligiga ko`ra, bu tizim davolash jarayonida noqonuniy resept tayinlash holatlarini qisqartirishga, polipragmaziya (ko`p preparatlarni noto`g`ri qo`llash) kamayishiga, farmasevtika bozorining shaffofligini oshirishga va aptekalar uchun teng shart-sharoitlarni yaratishga yordam berish, kontrabandali va nolegal farmasevtika mahsulotlarini aniqlash maqsadida joriy qilinmoqda.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda faqat elektron resept orqali beriladigan preparatlar 12 817 nomda bo`lib, ular 2025 yil 9 dekabrga qadar ro`yxatdan o`tgan preparatlardir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар