Prezidentlarning tashrifi va boshqa uchrashuvlarida ularning atrofida qora chemodan ko`tarib yurgan xos soqchilarga ko`zingiz tushganmi? Shavkat Mirziyoevning ham xalq orasida yurganida qora chemodanli soqchilarni uchratish mumkin edi. Bu chemodanlarda nima bo`lishi mumkin. Bu haqida hech o`ylab ko`rganmisiz?
Rost24.uz sayti jurnalisti bu bilan qiziqib ko`rdi. Xo`sh, prezident atrofidagi soqchilar nega qora chemodan ko`tarib yuradi?
Ko`pgina yanglish ma`lumotlarga ko`ra, qora chemodanlar favqulodda vaziyatlar uchun qurol solib yurilishi aytiladi. Ammo, bu noto`g`ri ma`lumot.
Yana qaysidir manbalarda Rossiya Prezidenti Putin yonida yuruvchi soqchilarning qo`lidagi chemodanda atom bombasini ishga tushiruvchi tugmacha borligi aytilgan. Afsuski, bu qarashlar ham mutlaqo noto`g`ridir.
Gap shundaki, tansoqchilar ko`tarib yuruvchi chemodan haqiqiy emas. U chemodan ko`rinishidagi zirhli qalqondir. Soqchi birgina tugmani bosishi bilan chemodan kichik zirhli qalqon devorga aylanadi. Bu zirhli devor bilan favqulodda vaziyatlarda prezident xavfsizligi ta`minlanadi.