2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Markaziy idorasi Kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish va madaniy-ma`rifiy hayotini boyitish yo`nalishida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Bankda joriy yil 1 oktyabr holatiga ko`ra 3 222 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, shulardan 3 154 nafari Kasaba uyushmasi a`zosi hisoblanadi.

Xodimlar sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash maqsadida sport bilan shug`ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. 126 nafar xodim sport-sog`lomlashtirish majmualariga ariza taqdim etdi. Shu bilan birga, bank “Yoshlik” sport majmuasi bilan hamkorlikda futbol maydonidan xodimlar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yo`lga qo`ydi.

Jamoa shartnomasi doirasida joriy yilda 111 nafar xodim turli hayotiy vaziyatlar munosabati bilan moddiy yordam oldi. Bu yordam farzandli bo`lgan, to`y qilgan, yaqinlarini yo`qotgan va yubiley munosabati bilan tabriklangan xodimlarga berildi.

Xodimlarning malakasini oshirish maqsadida 13 nafar xodim xorijiy til kurslariga imtiyozli tarzda jalb etildi. Shuningdek, ikki yilda bir marta imtiyozli dam olish huquqidan foydalanish doirasida 85 nafar xodim va ularning oila a`zolari sanatoriy-kurort muassasalariga yo`llanmalar bilan ta`minlandi.
Yoz mavsumida bolalar uchun “Sokol”, “Oqtosh”, “Quvnoq yoz” va “West Camp” oromgohlariga jami 157 nafar farzand yo`llanma orqali yuborildi.

“Yangi O`zbekiston bo`ylab sayohat qil” dasturi doirasida xodimlar uchun Jizzax, Samarqand, Farg`ona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga qiziqarli sayohatlar tashkil etildi.
Yil davomida qator madaniy-ma`rifiy tadbirlar ham o`tkazildi:
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami;
21 mart — Navro`z umumxalq bayrami;
1 iyun — Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sovg`alar tarqatildi;
“Zakovat” intellektual o`yini va “BRB Kubogi” shaxmat musobaqalari o`tkazildi;
Teatr va konsert dasturlariga imtiyozli chiptalar taqdim etildi.

Shuningdek, “Kristall Resort” dam olish maskani bilan hamkorlikda shartnoma imzolanib, xodimlarga yil davomida imtiyozli yo`llanmalar berilishi ta`minlandi.
Bankda faoliyat yuritayotgan “BRB Nafis ayollar” klubi doirasida hozirgacha 200 nafar ayol xodim rahbarlik qobiliyati bo`yicha maxsus o`quvlarda qatnashdi va ularning ko`pchiligi bugun rahbar lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Shu tariqa, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kasaba uyushmasi qo`mitasi 2025 yil davomida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarni qo`llab-quvvatlash, ishga bo`lgan ishtiyoqni oshirish, sport va sog`lom turmushni targ`ib qilish yo`nalishlarida samarali faoliyat olib bordi.