Xudoyberdi To`xtaboev olamdan o`tdi

22.03.2021 02:11

Xalqimizning sevimli adibi, O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboev olamdan o`tdi.

Xudoyberdi To`xtaboev 1932 yil 17 dekabr kuni Farg`ona viloyatining Katta Tag`ob tumanida dunyoga kelgan. Xudoyberdi erta etim qolib, bobosi va buvisining qo`lida tarbiyalanadi.

1949 yil Qo`qon pedagogika institutini, 1955 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O`zbekiston Milliy universitetini) tamomlaydi.

Ijodiy faoliyatini Farg`ona viloyatidagi maktabda dars berishdan boshlagan, keyinroq o`quv ishlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida ishlaydi.

1958 yildan Xudoyberdi To`xtaboev keyingi 14 yil mobaynida “Toshkent oqshomi”, “Sovet O`zbekistoni” gazetalarida 300 dan ortiq feletonlarini chop etadi. Shuningdek, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Gulxan”, “G`uncha”, “Yosh kuch” jurnallarida, “Yosh gvardiya” va “Kamalak” bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etadi.

1958 yil qisqa vaqt mobaynida “Yosh gvardiya”, “Sir fosh etildi”, “Sehrli qalpoqa” kabi kitoblari omma e`tiboriga havola qilindi.

Keyingroq “Omonboy va Davronboy”, “Sariq devni minib”, “Yillar va yo`llar”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi kitoblari chop etiladi.

Xorijiy kitobxonlar orasida Xudoyberdi To`xtaboev “Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasining rus tiliga tarjimasi (shuningdek, ukrain, fransuzs va bir qator boshqa tillar) bilan tanilgan.

“Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasi – yozuvchining rus tiliga tarjima qilingan birinchi kitobi. Mazkur asar kitobxonga olam quvonch va xursandchilik onlarini had`ya qiladi, degan umiddamiz.

Ertak-qissa 1970 yilgi Butun ittifoq tanlovida eng yaxshi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
22.03.2021 11:04
Joylari jannatdan bo‘lsin.
22.03.2021 11:04
Joylari jannatdan bo‘lsin.