Mutaxassis javobi:
Yillar davomida Rossiyada ishlab kelgan fuqarolarimiz pandemiya tufayli O`zbekistonga qaytib keldi. Ular hozirda Rossiyaga ishlash uchun qanday qayta bora olishlari mumkinligi bilan qiziqishmoqda?
Pandemiya boshlangandan beri Rossiya hududiga kirish uchun O`zbekiston fuqarolariga maxsus ruxsatnoma talab etilmoqda.
Ayni kunlarda Rossiyadan firmalar vakillari O`zbekistonga taklif etilib, fuqarolar o`rtasida tanlovlar o`tkazilmoqda.
Mehnat migrantlari uchun mo`ljallangan “Biz yoningizdamiz” kanali mutaxassisi Ortiqxo`ja Norov quyidagi tanlovlarda ishtirok etishni maslahat bermoqda:
Tanlovlar bo`yicha Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.
Qo`shimcha ma`lumotlar uchun: 1282 (qisqa raqami) yoki 71 202-33-55, 71 200-00-61.
Ishxona taklifnomasi bilan Rossiyaga kirish mumkinmi?
Rossiyaga nima maqsadda va qaysi yo`l bilan borishdan qat`i nazar ushbu davlat hududiga faqat ruxsatnoma olib keyin kirish mumkin.
Ushbu ruxsatnomasiz Rossiya Federasiyasi hududiga kirish noqonuniy hisoblanadi va javobgarlikka tortilishga sabab bo`lishi mumkin.