O`zbekistonda 2025 yil avgust oyida avtomobillarni sotib olish kamaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, avgust oyida engil avtomobillar savdosi 90 ming donadan iborat bo`lib, iyul oyiga nisbatan 9,5 foizga kamaygan. Eng katta pasayish Toshkent viloyatida, shuningdek, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Birlamchi avtomobil bozori
Avgust oyida yangi engil avtomobillar segmentida sotuvlar 2 foizga pasayib, 37,6 ming dona avtomobilni tashkil etdi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi engil avtomobillar sotuv hajmi 32,6 ming donani tashkil etib, o`tgan oyga nisbatan 0,8 foizga kamaydi. Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarning sotuvi esa 4,9 ming donani tashkil etdi. Bu iyul oyi ko`rsatkichidan 9,4 foiz kam.
Ikkilamchi avtomobil bozori
Avgust oyida ikkilamchi bozorda engil avtomobillar savdosi 52,7 ming donani tashkil etdi, bu esa oldingi oyga nisbatan 14,3 foizga kam.
Elektromobillar segmenti
Ikkilamchi bozorda 2,7 mingta elektromobil sotildi, bu iyul oyi ko`rsatkichidan atigi 0,6 foiz yuqori. Shu bilan birga, yillik hisobda o`sish 4,6 barobar qayd etildi.
2025 yil iyul oyida O`zbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oshgandi. Sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming donani tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 27 foizga ko`p bo`lgandi.