Toshkent markazida yaxshi ta`mirlangan uch xonali xonadonlarning o`rtacha narxi – 97 ming dollar. Bu haqda moliyaviy tadqiqotlar bilan shug`ullanuvchi Finder portali ma`lumotlarida keltirilgan.
Eng arzon uy qaysi davlatda?
Buyuk Britaniyaning moliyaviy tadqiqotlar bilan shug`ullanuvchi Finder portali ma`lumotlariga ko`ra, 2025 yilda shahar markazida joylashgan 59 kvadrat metrli, 2 yotoqxona va 1 zalga ega 3 xonali apartamentning narxi 123 ta davlat o`rganilganda o`rtacha 208,5 ming dollar bo`lgan.
Xuddi shu tipdagi eng arzon uy Kubada o`rtacha qiymatdan 9 baravar arzon bo`lsa, eng qimmati Singapurda – o`rtacha narxlardan 6,5 baravar yuqori.
123 ta davlatga aloqador ma`lumotlar asosida tuzilgan reytingda Kuba, Venesuela, Pokiston, Liviya va Bangladesh bu kabi apartament narxlari bo`yicha eng arzon beshlikda bo`lsa, Singapur, Shveysariya, Janubiy Koreya, Lyuksemburg va Tayvan eng qimmat uylar sotiladigan beshlikka kiritilgan. O`zbekiston esa bu ro`yxatning 84-o`rnida.
Shuningdek, reytingdagi ayrim davlatlarda o`rtacha narxlar quyidagicha:
Rossiya – 193,5 ming dollar;
Turkiya – 125,4 ming dollar;
Ozarboyjon – 119,9 ming dollar;
Belarus – 111,8 ming dollar;
Gruziya – 96,8 ming dollar;
O`zbekiston – 96,8 ming dollar;
Qirg`iziston – 84,5 ming dollar;
Qozog`iston – 76,3 ming dollar;
Tojikiston – 54,5 ming dollar.
Oylik maosh miqdorichi?
Uy narxlari keltirilgan davlatlarda aholining o`rtacha oylik ish haqi taxminan quyidagicha:
Rossiya – 1250 dollar;
Qozog`iston – 830 dollar;
Belarus – 819 dollar;
Gruziya – 803 dollar;
Ozarboyjon – 645 dollar;
Turkiya – 575 dollar;
Qirg`iziston – 522 dollar;
O`zbekiston – 482 dollar;
Tojikiston – 288 dollar.
Bu raqamlardan kelib chiqib, ushbu davlatlardagi o`rtacha daromadli aholining 3 xonali apartament uyga erishish uchun sarflaydigan muddatini hisoblash mumkin. Ya`ni oylik o`rtacha daromad boshqa hech narsaga sarflanmay, faqat uy uchun yig`ilgan taqdirda:
Qozog`istonliklar – 7 yil-u 8 oyda;
Gruziyaliklar –10 yilda;
Belarusliklar – 11 yil-u 2 oyda;
Rossiyaliklar – 12 yil 11 oyda;
Qirg`izistonliklar – 13 yil-u 6 oyda;
Ozarboyjonliklar – 15 yil-u 6 oyda;
Tojikistonliklar – 15 yil-u 9 oyda;
O`zbekistonliklar 16 yil-u 9 oyda;
Turkiyaliklar – 18 yil-u 2 oyda o`z uylariga ega bo`lishlari mumkin bo`lar ekan.