Shavkat Mirziyoev O`qituvchi va murabbiylar kunida bir qator soha fidoyilarini mukofotladi

12.09.2025 08:47

O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoev ta`lim-tarbiya sohasida samarali mehnati va yosh avlodni tarbiyalashdagi katta hissasi uchun bir guruh pedagoglarni mukofotlash to`g`risida Farmon imzoladi.

Farmonga ko`ra, o`quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o`rgatish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda soha rivojiga qo`shgan hissasi uchun ta`lim xodimlari rag`batlantirildi.

«O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi» faxriy unvoni bilan

Raximov Xamidjon Mamajonovich - Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Farg`ona viloyati

 

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi» faxriy unvoni bilan

Boyqobilova Lobar Toshtemirovna - Oqdaryo tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Egamberdiev Atabek Ro`zimovich - Hazorasp tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdullaev Maxmudjon Muxamedovich - Toshkent davlat texnika universitetining mexatronika va robototexnika kafedrasi professori

Orazimbetova Guldarixa Kdirbaevna - Qorao`zak tumanidagi 32-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Suvanov Omon - Guliston davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Xushmatov Raxmatullo Rabbimovich - Samarqand shahridagi alohida ta`limga ehtiyoji bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 61-maktab-internatining tasviriy san`at va chizmachilik fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Shukurov Maxmanazar Karimovich - Yakkabog` tumanidagi 37-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

 

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Tadjibaeva Ma`muraxon Ashuralievna - Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori

 

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Abdullaev Shavkat Vaxidovich - Namangan davlat universitetining kimyo kafedrasi professori, Namangan viloyati

Axmedova Muattar Abduvaxitovna - Qibray tumanidagi «Imkon» ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkiloti defektologi, Toshkent viloyati

Baltabaev Alimkul Egamberdievich - Sayxunobod tumanidagi 16-umumiy o`rta ta`lim maktabining musiqa fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Bo`taev Qaxramon Nig`matovich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining akademik xonandalik bo`limi bosh o`qituvchisi

Ziyaeva Moxidil Baxtiyorovna - Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Kazimova Roxila Rozikovna - Tayloq tumanidagi 41-maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati

Karimova Mavludaxon Sharobutdinovna - Oltinko`l tumanidagi «Al Impex garant» nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori, Andijon viloyati

Kasimov Fayzullo Muxamadovich - Buxoro davlat pedagogika institutining boshlang`ich ta`lim kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Pirmatova Rano Ninnievna - Sherobod tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Umaralieva Mamuraxon Tashxodjaevna - Toshkent farmasevtika instituti akademik liseyining biologiya fani o`qituvchisi

 

«Do`stlik» ordeni bilan

Abdushukurov Anvar Kabirovich - O`zbekiston Milliy universitetining organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori

Azarenko Igor Timofeevich - V.A.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi bo`limi o`qituvchisi

Azimov Raxim Azizboevich - Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari

Volfgang Anton Herrmann - «Yangi O`zbekiston» universitetining faxriy prezidenti

Drujinina Elena Sergeevna - Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi murabbiysi

Ibrohim Said Abdulla Ali Alhajri - Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universiteti prezidenti

Ismatillaev Xabibulla - Oltinsoy tumanidagi 9-umumiy o`rta ta`lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kadirova Adiba Raxmonovna - Shahrisabz shahridagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

King Stefen Richard - «Cambridge University Press & Assessment» tashkilotining Evropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo`yicha bosh koordinatori

Qalbaeva Naubahar Perdebaevna - Nukus tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Marsden Abbey Nikole - Andijon shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Mirjalilova Gulbaxor Miraxmonovna - Chust tumanidagi 52-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Namangan viloyati

Mirzakulov Batirjon Kazakbaevich - Mirzacho`l tumani hokimi, Jizzax viloyati

Rassell Heyli Daniel - Mirobod tumanidagi 175-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Sayfutdinov Anvar Nazarovich - Mirobod tumani hokimi, Toshkent shahri

Saparova Guldar Jusupalievna - Bo`ka tumanidagi 34-umumiy o`rta ta`lim maktabining nemis tili fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Sultanova Shaxida Yuldashevna - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining akademik liseyi ijrochi direktori

Uvarova Vera Yurevna - Toshkent shahridagi «Novda Edutainment» mas`uliyati cheklangan jamiyatining gumanitar fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish bo`limi boshlig`i

Usmanova Nodira Soxibovna - Qarshi shahridagi 2-ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkiloti logopedi, Qashqadaryo viloyati

Xasanov Baxtiyor Temirovich - Oqdaryo tumanidagi 47-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Xafizova Sayyora Baxtiyarovna - Navbahor tumanidagi 1-maktabgacha ta`lim tashkiloti direktorining o`rinbosari, Navoiy viloyati

Shamusarov Sharustam Giyazovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining arabshunoslik oliy maktabi professori

 

«Sog`lom turmush» medali bilan

Abduraxmanova Surayyo Mirzamaxmutovna - Uchqo`rg`on tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Namangan viloyati

Azimova Nargiza Fagimovna - Paxtakor tumani sport maktabining dzyudo bo`yicha murabbiysi, Jizzax viloyati

Artikov Urol Yusupovich - Jarqo`rg`on tumani sport maktabining dzyudo bo`yicha murabbiysi, Surxondaryo viloyati

Zakirova Dilnoza Sharifovna - Buxoro turizm va madaniy meros texnikumining maxsus fan o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Kamolova Shohzoda Fayzullaevna - Navoiy shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabining robototexnika to`garagi rahbari, Navoiy viloyati

Musaev Saminjon Alievich - Uchko`prik tumanidagi 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Ruzikulov Ravshan Raxmatulloevich - Sport yakkakurashlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining yunon-rum kurashi bo`yicha katta murabbiysi

Soliev Anvarxuja Maqsudovich - Yangiyo`l tumanidagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Choriev Faxriddin Urolovich - Qamashi tumanidagi 2-sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari, Qashqadaryo viloyati

 

«Shuhrat» medali bilan

Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich - Dang`ara tumanidagi «D.I.Mendeleev» nodavlat ta`lim muassasasi rahbari, Farg`ona viloyati

Abdullaeva Fotima Baxromovna - Jizzax shahridagi «Jizzakh International School» xususiy maktabi direktori, Jizzax viloyati

Amanov Baxtiyar Xushbakovich - Chirchiq davlat pedagogika universitetining genetika va evolyusion biologiya kafedrasi mudiri, Toshkent viloyati

Amanova Zulxumor Mutalovna - Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Axmedova Hafiza Hakimovna - Buxoro davlat texnika universiteti akademik liseyining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Axunova Tamara Uktamovna - Buloqboshi tumanidagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Berdiyorova Xurshida Jambulovna - Koson tumanidagi 95-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Bobanazarov Sherbay Abdiraxmanovich - Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Boboev Maqsud Mahmudovich - Jondor tumanidagi 46-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Boltaeva Lola Abduvohidovna - Yunusobod tumanidagi 273-umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Djabbarov Ruzmat Allanazarovich - Xiva shahridagi 121-ko`zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Jalelov Ilxam Klishbaevich - Qonliko`l tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Jalilov Behzod Murotovich - Toshkent shahridagi «Target international school» nodavlat ta`lim muassasasi rahbari

Janiqulov Ma`ruf Maxsud o`g`li - Forish tumanidagi 47-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Juraeva Feruza Baxodirovna - Vobkent tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining nemis tili fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Zanjirova Xurshida Maxmudovna - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Zikirova Sanam Kilichevna - Qarshi shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan bolalar uchun internat uyi enagasi, Qashqadaryo viloyati

Kamalitdinov Jobir Nuritdinovich - Davlatobod tumanidagi «Aisha Home Textile» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

Karimov Eldor Erkinovich - G`uzor tumanidagi 1-politexnikumi direktori, Qashqadaryo viloyati

Mamajonova Zoxidaxon Tursunovna - Norin tumanidagi 25-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Namangan viloyati

Mirzaeva Raxima - Farg`ona shahridagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Mirzaxmedov Ulugbek Uyirbekovich - Bo`stonliq tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining musiqa fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Nasirova Shaira Narmuradovna - Navoiy davlat universitetining raqamli texnologiyalar kafedrasi professori, Navoiy viloyati

Norqo`chqarova Salima Normuminovna - Qumqo`rg`on tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Orazbaev Jurabek Ibadullaevich - Ellikqal`a tumanidagi «Sarabiy» o`quv markazi rahbari, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Po`latov Rashidjon Raximovich - Beshariq tumanidagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabining texnologiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Saydaxmatova Xalimaxon Ismoilovna - Quva tumanidagi 1-maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg`ona viloyati

Salaev San`atbek Kamilovich - Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari

Salimov Xaytboy Mirzaevich - Marhamat tumanidagi 31-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Salomov Umid Firdavsievich - Samarqand shahridagi «Anvar Zamon Nur» mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, Samarqand viloyati

Samadova Gulbahor Saidmuradovna - Jizzax shahridagi 22-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Samieva Nafosat Kamolovna - Kitob tumanidagi 3-oilaviy bolalar uyi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Sarsenbaeva Uldaulet Ansatbay qizi - Bo`zatov tumanidagi 20-bolalar musiqa va san`at maktabining baxshichilik sinfi o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Sultanova Gulnora Alimbaevna - Urganch shahridagi 18-maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, Xorazm viloyati

Sultonov Jaxongir Xasanjon o`g`li - O`zbekiston tumanidagi «Edu fly» o`quv markazi rahbari, Farg`ona viloyati

Sultonov Sulton Istamovich - Buxoro shahridagi 24-ko`zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Temirov Anvar G`ayrat o`g`li - Samarqand shahridagi «Yuksalish quruvchi» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Tillaev Alisher Xasanovich - «Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining «International House-Tashkent» akademik liseyi direktori

Tishlikova Dilnora Maxmudovna - Guliston shahridagi 8-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Turg`unov Bekzod Mirzamaxmud o`g`li - Chortoq tumanidagi «Stanford LC» nodavlat ta`lim muassasasi rahbari, Namangan viloyati

Umarova Ozodaxon Israilovna - Jalaquduq tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

O`tanov Shuhrat Qo`shmurodovich - G`allaorol tumanidagi 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Xaknazarov Farxad Mamaraximovich - Guliston tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Xamidov Xayrullo Ismoilovich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining metallurgiya kafedrasi professori, Navoiy viloyati

Xamidova Gulnoza Baxtiyorovna - Zomin tumanidagi «Iqtidorlilar» xususiy maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Xo`janiyozova Umida Qalandarovna - Urganch tumanidagi 45-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Shin Elena Petrovna - Bekobod shahridagi 11-ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkiloti defektologi, Toshkent viloyati

Shoberdiev Omon Abdixoliqovich - Qumqo`rg`on tumanidagi 1-politexnikumning maxsus fan o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Shodmonova Marhabo O`ktamovna - Qiziltepa tumanidagi 1-politexnikumning maxsus fan o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Egamberdiev Sanjar Usanbaevich - Shirin energetika texnikumining ishlab chiqarish ta`limi ustasi, Sirdaryo viloyati

Elmirzaev Parvoz Pardaevich - Kitob tumanidagi 50-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Ergashev Sherzod Shodibek o`g`li - Jizzax shahridagi Prezident maktabining matematika fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Yavidov Bahram Yangibaevich - Nukus davlat pedagogika institutining fizika o`qitish metodikasi kafedrasi professori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар