Shavkat Mirziyoev ba`zi soha vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi

27.08.2025 16:20

O`zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan turli soha vakillariga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoev marosimda barchani Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, so`nggi sakkiz yilda mamlakat iqtisodiyoti 115 milliard dollarga etgani, bu yil esa 130 milliard dollardan oshishi kutilganini qayd etdi. Shu bilan birga, uy-joylar qurilishi, infratuzilma, ta`lim va sog`liqni saqlashda erishilgan yutuqlar haqida to`xtaldi.

Prezident yuksak mukofotlar sohiblarini samimiy tabriklab, ularning mamlakat taraqqiyotidagi munosib hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.


 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар