Tadbirkor huquqlari  himoyasi yangi bosqichda

27.08.2025 11:58

Barcha biznes vakillari tomonidan intizorlik bilan kutiladigan Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti bu yil ham muammolarni o`ziga xos echimi  bilan esda qoladigan bo`ldi. 

Bu formatdagi uchrashuvlarda  tadbirkorlarni qiynab kelayotgan ko`plab tizimli muammolarga echim topilib, berilgan imkoniyatlar yangi ish boshlayotgan  ko`plab  tadbirkorlarni rag`batlantiruvchi omil bo`layotganligi hech kimga sir emas.

Xususan  “Tadbirkorlar virtual ofisi” axborot portali tushgan murojaat, takliflar tahlili va bevosita muloqot natijalari bo`yicha qabul qilingan Farmon bilan tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash, zarur moliyaviy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish uchun ajratiladigan moliyaviy resurslar va ularning manbaalari, Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, turizmni rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar va soliq to`lovchilarni rag`batlantirish choralarini ko`zda tutuvchi mexanizmlar belgilab berildi. 

Eng asosiysi mazkur tadbirlarni amaliyotga  joriy qilishning aniq muddatlari, mas`ul Vazirlik va qo`mitalar ko`rsatilib, topshiriqlarni ijrosini ta`minlanmagan  mas`ullarning javobgarlik masalasi ham belgilab berildi. 

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар