“Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so`mlik ipoteka krediti ajratdi

21.08.2025 17:32

21 avgust kuni Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ishtirokida  brifing bo`lib o`tdi. 

Unda mazkur moliya muassasasi mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta`minlash, fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli davlat dasturlarida faol ishtirok etayotgani ta`kidlandi. 

Xususan, bankda uy-joy xarid qilish, qurish, rekonstruksiya va ta`mirlash maqsadlari uchun 10 dan ortiq kredit mahsulotlari joriy qilingan. 

2025-yilning 7 oyida bank tomonidan barcha manbalar hisobidan 4 596 nafar fuqaroga 1 trln 273 mlrd so`m miqdorida ipoteka krediti ajratilgan. 

Jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag`lari hisobidan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar sotib olish, uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun – 3 709 nafar fuqaroga 1 trln 41 mlrd so`m ajratildi. Shundan 1 841 nafar fuqaroga 545 mlrd so`mlik ipoteka kreditlari subsidiya to`lovlari asosida berildi.  

O`tgan davrda bank tomonidan:

- Qishloq qurilish invest Injiniring kompaniyasi  ishtirokida namunaviy uy-joylar uchun – 367 nafar  fuqarolarga 52 mlrd so`mlik;

- bankning o`z mablag`lari hisobidan ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilish, uy-joy ta`mirlash, qurish va rekonstruksiya qilish uchun – 501 nafar fuqaroga 174,2 mlrd so`mlik ipoteka kreditlari ajratildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida o`tgan yilning mos davriga nisbatan bank tomonidan aholiga ajratilgan ipoteka kreditlar salmog`i 941 mlrd so`mga yoki 383 foizga ortdi. 

Brifingda qayd etilishicha, “Biznesni rivojlantirish banki”da aholiga ipoteka krediti ajratilishida qator qulayliklar joriy qilingan.

Xususan, rasmiy daromadga ega bo`lmagan shaxslarga ularning Humo va Uzcard bank kartalari aylanmasi ma`lumotlari asosida ipoteka krediti ajratish mexanizmi joriy qilingan. 

Aholi xonadonlarini energiya tejamkor va ekologik toza mahsulotlardan foydalangan holda ta`mirlashlari uchun “Yashil ta`mir” ipoteka krediti mahsuloti joriy etildi.

Bundan tashqari ipoteka krediti ajratilishida bank mobil ilovasi orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар