2025-yil 21-avgustdan boshlab UZTELECOM simli internetni keng qamrovli yangilashni boshlaydi. Kompaniya o`z abonentlarini zamonaviy optik texnologiyalarga o`tkazib, tarif shartlarini takomillashtirmoqda va raqamli hayotni yanada tezkor hamda qulaylashtirishga intilmoqda.
Asosiy o`zgarishlar quyidagilardan iborat:
Mis o`rniga optika. Tarmoq zamonaviy GPON va FTTx texnologiyalariga o`tkaziladi. Bu esa 100 Mbit/s va undan yuqori tezlikdagi barqaror internetni ta`minlab, avvalgi standartlardan bir necha barobar tezroq imkoniyat beradi.
Tariflarda kengroq imkoniyatlar. Yangilangan paketlarga yuqori tezlik va qo`shimcha xizmatlar kiritilgan.
Ko`proq telekanallar. Endi abonentlar 80 dan ortiq emas, balki 120 dan ziyod kanalga ega bo`ladilar. Ularga sport, bolalar, ta`lim va ko`ngilochar yo`nalishdagi telekanallar kiradi. Bundan tashqari, TelecomTV xizmati orqali kontentni nafaqat uyda televizorda, balki smartfon va planshetda, yo`lda yoki safarda ham tomosha qilish mumkin.
Abonent nimaga ega bo`ladi?
Endilikda foydalanuvchilar filmlar va o`yinlardan tortib, ish va o`qishgacha bo`lgan barcha ehtiyojlarini qamrab oladigan tez va barqaror internetdan foydalanadilar. Bunga kengaytirilgan telekanallar to`plami ham qo`shiladi: sport, ta`lim, bolalar va ko`ngilochar dasturlari. Barcha xizmatlardan istalgan qurilmada foydalanish mumkin – uyda televizorda yoki safarda smartfon va planshetda.
"Bugungi kunda oilaning raqamli hayoti – bu onlayn ta`lim, masofaviy ish, videoaloqa, striming, videokuzatuv tizimlari, aqlli televizorlar va “aqlli uy”dir. 10-15 yil avval yaratilgan eski texnologiyalar endi bunday yuklamani ko`tara olmayapti. Biz abonentlarimiz uchun bugun va ertaga aloqa tezligi, barqarorligi va ishonchliligini ta`minlaydigan zamonaviy optik echimlarni joriy etmoqdamiz", – deya ta`kidladi UZTELECOM vakili.
Kompaniya ma`lumotiga ko`ra, modernizasiya butun mamlakat uchun barqaror texnologik infratuzilmani yaratishga yo`naltirilgan raqamli o`zgarishlar yo`lining muhim qismi hisoblanadi.
UZTELECOMning optik texnologiyalarga keng qamrovli o`tishi O`zbekiston telekommunikasiya sohasini rivojlantirishda muhim bosqich bo`lib, jamiyatning kundalik hayotiga raqamli xizmatlarni joriy etishni tezlashtiradi.