Oltin tangalar sotib olishni istaysizmi? Markaziy bank yangi oltin tangalarni chiqardi

16.03.2021 09:10

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag`ishlangan oltin esdalik tangalari va suvenirlar to`plamlari sotuvi yo`lga qo`yildi.

Markaziy bank tomonidan buyuk shoir va mutaffakir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag`ishlangan oltindan tayyorlangan esdalik tangalari va suvenirlar to`plamlari sotuvga chiqarildi.

Oltin esdalik tangalari va suvenirlar to`plamlarini tijorat banklarining filiallarida sotib olish mumkin.

Esdalik tangalari va suvenirlarning sotuvi yo`lga qo`yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.03.2021 16:29
Нархи канча булади