Qirg`iziston va O`zbekiston pensiya stajini o`zaro tan oladigan bo`ldi

18.08.2025 10:21

Toshkent shahrida O`zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi rahbariyati va Qirg`iziston Ijtimoiy jamg`armasi vakillari o`rtasida davlat ijtimoiy sug`urtasi va pensiya ta`minoti to`g`risidagi bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar bo`lib o`tdi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi xabar bermoqda.

Qirg`iziston tomonining yozishicha, bitim quyidagilarni nazarda tutadi:

pensiyalarni tayinlash uchun sug`urta stajini jamlash;
pensiyalarni etkazib berish xarajatlarini ushlab qolmasdan, yashash mamlakatidan qat`i nazar, fuqarolarga to`g`ridan-to`g`ri to`lash;
ikki tomonlama ajratmalardan qochish maqsadida xizmat safariga yuborish va muddatlarni uzaytirish bo`yicha me`yorlar.

Pensiya stajini o`zaro tan olish pensionerlar ushbu mamlakatlarning qay birida yashagani va ishlaganidan qat`i nazar, to`lovlarni hisoblashda staj hisobga olinishini anglatadi.

Bitimlarning asosiy maqsadi Qirg`iziston va O`zbekiston fuqarolarining sug`urta va davlat pensiyalarini olishda teng huquqlarini ta`minlash, shuningdek, sug`urta badallarini ikki marta to`lashni istisno qilishdan iborat, deydi Qirg`iziston Ijtimoiy jamg`armasi.

Kelishuvlarning amalga oshirilishi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaydi, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlik, jumladan, yirik infratuzilma loyihalari («Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston») doirasida qo`shimcha imkoniyatlar yaratadi, deyiladi xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар