Joriy yil 17 avgust kuni "Bunyodkor" stadionida yoshlar o`rtasida o`tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo`yicha DXX kubogi musobaqalarining respublika bosqichi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.
Qur`a natijalariga ko`ra, futbol bo`yicha quyidagi jamoalar guruhlarda o`zaro bahs olib boradi:
Ayollar o`rtasidagi mini-futbol bo`yicha qur`a natijalari:
Erkaklar o`rtasidagi mini-futbol bo`yicha qur`a natijalari:
Ma`lumot uchun, Davlat xavfsizlik xizmati kubogi 2021 yildan boshlab respublika yoshlari o`rtasida futbol hamda mini-futbol bo`yicha o`tkazilib kelinadi.
Joriy yilda musobaqalar uch bosqichda o`tkazilmoqda:
—Birinchi bosqich – tuman/shaharlar kesimida aprel-may oylarida o`tkazildi.
—Ikkinchi bosqich – Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida o`tkazildi.
Respublika bosqichi – 18-23 avgust kunlari "Bunyodkor" futbol akademiyasi maydonlarida tashkil etilib, unda 42 ta jamoa g`oliblik uchun kurashadi. Final o`yini esa 23 avgust kuni "Jar" stadionida o`tkaziladi.
Sovrin va mukofotlar
Respublika bosqichida—o`g`il bolalar o`rtasida futbol va mini-futbol bo`yicha g`olib bo`lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o`rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o`yinlari uchun mo`ljallangan), 3-o`rinni egallagan jamoalar mahallasiga "Stritbol" (bir savatli ko`cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida g`olib va sovrindor bo`lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.