O`zbekistonda xotin-qizlarga tazyiq va zo`ravonlik 121 foizga ko`paydi

13.08.2025 11:10

2025 yilning birinchi yarmida ayollarga zo`ravonlik qilingani bilan bog`liq 48 303 ta holat qayd etildi. Ushbu vaziyatlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zulayho Mahkamova nomiga senator so`rov yubordi. 

Unda tazyiq va zo`ravonlikka olib keluvchi sabablarni aniqlash, profilaktik ishlarni kuchaytirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mahallalarda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikka murosasizlik muhitini shakllantirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish so`ralgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2025 yilning birinchi yarmida respublika bo`yicha 48 303 ta xotin-qizlar tazyiq va zo`ravonlikka uchragan. Bu ko`rsatkichlar o`tgan yilning mos davriga nisbatan 121 foizga yuqoridir.

Ayollarga eng ko`p zo`ravonlik holatlari qayd etilgan hududlar:

1. Toshkent shahri — 9 414 ta;
2. Buxoro — 5 612 ta;
3. Qashqadaryo — 5 268 ta;
4. Andijonda — 4 808 ta.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар