Toshkentda uy-joy va er narxlari pasayishda davom etyapti

06.08.2025 14:15

Markaziy bank hisobotiga ko`ra, Toshkentda uy-joy va er narxlari pasayishda davom etmoqda.

Uy-joy narxlari darajasi yuqori bo`lgan hududlar

Ko`chmas mulk bozori tahliliga ko`ra, 2025 yil iyun oyi yakuniga ko`ra, birlamchi uy-joy bozordagi narxlar yillik hisobda so`mda 2,6 foizga (dollarda 2,1 foizga) o`sdi. Ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari so`m hisobida 2,5 foizga (dollarda 2,0 foizga) oshdi.

Hududlar kesimida ko`chmas mulk narxlarining o`sish sur`atlari turlicha shakllanishda davom etmoqda. Uy-joy narxlari darajasi yuqori bo`lgan hududlarda (Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlari) narxlarning o`sish sur`atlari deyarli o`zgarmagan yoki bir oz pasaygan bo`lsa, boshqa hududlarda narxlarning o`sishi davom etmoqda.

“Bu esa ushbu hududlarda uy-joy narxlarning kelgusida o`sishda davom etishi mumkinligini ko`rsatib, bunga joriy narxlarining hozirgi kunda nisbatan pastligi, infratuzilmaning yaxshilanib borishi, shuningdek, talabning ortishi sabab bo`lishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Ijara bozori

Uy-joy ijarasi bozorida taklif hajmining oshishi va talabning mavsumiy pasayishi sharoitida narxlarning mo`tadil darajasi saqlanib qolmoqda. Ijara to`lovlari narxlari o`tgan chorakdan buyon sezilarli o`zgarmagan bo`lib, respublika bo`yicha umumiy o`sish sur`ati nolga yaqin darajada shakllandi (iyun oyida yillik 0,3 foiz).

Toshkent shahrida esa ijara to`lovlarida narxlarning pasayishi davom etmoqda. Iyun oyida yillik 6,1 foizgacha pasaygan. Er uchastkalari segmentida Toshkent shahrida 100 kv/m (1 sotix) er maydoni narxi iyun oyi yakunlari bo`yicha 334 mln so`mni tashkil etib, o`tgan yilgi ko`rsatkichlardan 2,5 foizga past shakllandi.

Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi o`rtacha narxlar 2025 yilning aprel, may, iyun oylarida pasayib bordi. 1 kv/m uchun o`rtacha narxlar 15,4 mln so`mdan 14,9 mln so`mgacha tushgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар