2025 yil avgust oyi davomida Shayxontohur tumanidagi bir qator mahalliy qozonxonalarida rejalashtirilgan ta`mirlash va profilaktika ishlari olib borilishi sabab quyidagi manzillar bo`yicha issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent axborot xizmati xabar berdi.
—Navoiy 39 qozonxonasi (39-sonli turar joy, Navoiy ko`chasi, “Olmazor” MFY) — 4–5 avgust kunlari;
—Navoiy 37 qozonxonasi (37-sonli turar joy, Navoiy ko`chasi, “Olmazor” MFY) — 6–7 avgust kunlari;
—Navoiy 33 qozonxonasi (33-sonli turar joy, Navoiy ko`chasi, “O`qchi” MFY) — 11–12 avgust kunlari;
—Navoiy 29 qozonxonasi (29-sonli turar joy, Navoiy ko`chasi, “O`qchi” MFY) — 13–14 avgust kunlari;
—Navoiy 27 qozonxonasi (27-sonli turar joy, Navoiy ko`chasi, “O`qchi” MFY) — 18–19 avgust kunlari;
—Ko`kcha 1a qozonxonasi (1–12, 60a-sonli turar joylar, Ziyo Said ko`chasi, “Ko`kcha” MFY) — 20–21 avgust kunlari;
—Zafarobod 12 qozonxonasi (1a, 2a, 2, 8, 9, 10-sonli turar joylar, 456-sonli bolalar bog`chasi, KHY ko`chasi, “Zafarobod” MFY) — 25–26 avgust kunlari;
—Ipakchi 103 qozonxonasi (102, 103, 107–110, 114–116-sonli turar joylar, 105, 106-sonli kottejlar, Istirohat ko`chasi, “Ipakchi” MFY) — 27–28 avgust kunlari.
Tadbirlar doirasida uskunalarni ta`mirlash va modernizasiya qilish, eskirgan qismlarni almashtirish hamda nasos uskunalarining ishlashini tekshirish rejalashtirilgan. Bularning barchasi yozgi davrda tizimning barqaror ishlashini ta`minlashga qaratilgan, deyiladi xabarda.