Davlat erlari mavsumiy faoliyat uchun tadbirkorlarga ijaraga beriladi

04.08.2025 14:16

2025 yil 1 oktyabrdan tadbirkorlar uchun o`zlariga tegishli bino va er uchastkalariga tutash, davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan aholi punktlaridagi umumiy foydalanishdagi er uchastkalarida mavsumiy tijorat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bu bo`yicha tegishli qaror qabul qilindi. 

Sog`liqni saqlash, ta`lim va maktabgacha ta`lim tashkilotlariga tegishli er uchastkalari bundan mustasno ekani ta`kidlangan.

Har yili 1 yanvarga qadar tuman (shaxar) kurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida, tuman (shahar) hokimlarining karori bilan kelgusi yil uchun tuman (shahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi er uchastkalarida tijorat faoliyati ob`ektlarini joylashtirish sxemasi tasdiqlanadi.

Tijorat faoliyati uchun ijara huquqi asosida foydalanishga berilgan er uchastkalarining har bir kvadrat metri uchun shartnoma muddatidan qat`i nazar, er solig`i stavkasining uch baravarigacha miqdorida ijara to`lovi to`lanadi.

Bunda asos qilib olinadigan er solig`i summasi O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffisientlari qo`llangan va solik imtiyozlari qo`llanmagan holda hisoblanadi.

Qarorga asosan er uchastkalarini tijorat faoliyati uchun ijaraga berish er uchastkalarini ajratish (realizasiya kilish) hisoblanmaydi, er uchastkasida bino va inshootlarni qurish yoki ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish huquqini bermaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар