Toshkentda elektr uzilishlari yuzasidan energetika vaziriga senator so`rovi yuborildi

01.08.2025 16:42

Senatning Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi raisi o`rinbosari Sayyora Abdikarimova energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudovga poytaxt elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlar yuzasidan tushuntirish so`rab, senator so`rovi yubordi.

Senat matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahrida elektr energiyasi ta`minotida so`nggi paytlarda uzilishlar ko`paygani aholining kundalik hayoti, ijtimoiy soha ob`ektlari va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

«Aholi va tadbirkorlar tomonidan elektr ta`minotidagi 3−4 soatlik uzilishlar bo`yicha ko`plab murojaatlar bildirilmoqda. Ushbu uzilishlar nafaqat fuqarolarning kundalik turmush tarziga, balki tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarining barqaror ishlashida ham muammolar yuzaga kelmoqda», — deyiladi xabarda.

Xususan, svetoforlar faoliyatidagi uzilishlar transport harakatini tartibga solishda qiyinchilik tug`dirmoqda, bu esa yo`l harakati xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish va savdo ob`ektlarida sovitish tizimlarining ishdan chiqishi natijasida yirik moliyaviy zararlar yuzaga kelayotgani, xonadonlarda esa maishiy texnika vositalarining ishdan chiqishi holatlari aniqlanmoqda.

Senat matbuot xizmati xabarida iste`molchilarning bu boradagi huquqlari eslatib o`tilgan. Xususan, «Elektr energetikasi to`g`risida»gi qonunning 39-moddasiga ko`ra, elektr energiyasi iste`molchilari sifatli va barqaror elektr energiyasini olish huquqiga ega. Qonunning 61-moddasiga ko`ra, ta`minotni to`xtatish yoki cheklash faqatgina baxtsiz hodisalarning oldini olish yoki avariyalarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilishi mumkin.Senator Sayyora Abdikarimova Toshkent shahridagi elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlar yuzasidan tushuntirish so`rab energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudovga senator so`rovi yubordi. So`rovda aholi va tadbirkorlar elektr ta`minotidagi 3−4 soatlik uzilishlar bo`yicha ko`plab murojaatlar jo`natayotgani aytilgan.

Senatning Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi raisi o`rinbosari Sayyora Abdikarimova energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudovga poytaxt elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlar yuzasidan tushuntirish so`rab, senator so`rovi yubordi.

Senat matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahrida elektr energiyasi ta`minotida so`nggi paytlarda uzilishlar ko`paygani aholining kundalik hayoti, ijtimoiy soha ob`ektlari va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

«Aholi va tadbirkorlar tomonidan elektr ta`minotidagi 3−4 soatlik uzilishlar bo`yicha ko`plab murojaatlar bildirilmoqda. Ushbu uzilishlar nafaqat fuqarolarning kundalik turmush tarziga, balki tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarining barqaror ishlashida ham muammolar yuzaga kelmoqda», — deyiladi xabarda.

Xususan, svetoforlar faoliyatidagi uzilishlar transport harakatini tartibga solishda qiyinchilik tug`dirmoqda, bu esa yo`l harakati xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish va savdo ob`ektlarida sovitish tizimlarining ishdan chiqishi natijasida yirik moliyaviy zararlar yuzaga kelayotgani, xonadonlarda esa maishiy texnika vositalarining ishdan chiqishi holatlari aniqlanmoqda.

Senat matbuot xizmati xabarida iste`molchilarning bu boradagi huquqlari eslatib o`tilgan. Xususan, «Elektr energetikasi to`g`risida»gi qonunning 39-moddasiga ko`ra, elektr energiyasi iste`molchilari sifatli va barqaror elektr energiyasini olish huquqiga ega. Qonunning 61-moddasiga ko`ra, ta`minotni to`xtatish yoki cheklash faqatgina baxtsiz hodisalarning oldini olish yoki avariyalarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар