Suyultirilgan gaz etkazib berishda aholidan 2,2 mlrd so`m atrofida asossiz haq olingani aniqlandi

29.07.2025 16:15

Raqobat qo`mitasiga 2025 yilning o`tgan davrida gaz etkazib berish bilan bog`liq iste`molchilaridan jami 19 487 ta murojaat kelib tushgan. Qo`mitaning ta`kidlashicha, bu raqamlar sohada tizimli muammolar borligini ko`tsatadi.

“Hududgazta`minot” AJ hamda to`g`ridan to`g`ri AJning bo`ysunuvida bo`lgan korxonalarda o`rganish ishlari o`tkazilganda o`tgan davrda respublikaning beshta viloyatida aholiga tarqatilgan maishiy gaz ballonlarida suyultirilgan gazning og`ir qoldiqlari (kondensat) hajmi jami 1,5 ming tonnani tashkil qilishi aniqlangan. Bunda:

Navoiyda — 92,9 tonna,
Surxondaryoda — 490,2 tonna;
Qashqadaryoda — 371,3 tonna;
Farg`onada — 370,5 tonna;
Buxoroda — 175,6 tonna.

Ma`lum bo`lishicha, buning hisobiga iste`molchilardan jami 2,2 mlrd so`m atrofida asossiz haq olingan.

Xususan, Navoiy viloyatida “Hududgaz Navoiy” gaz ta`minoti filiali tomonidan gaz ballonidagi jami 92,9 tn og`ir qoldiq suyuqlik miqdorlari uchun iste`molchilardan 125,4 mln so`mlik ortiqcha mablag`lar olinganligi aniqlangan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta`minoti filiali tomonidan 79 ta iste`molchidan 125,7 mln so`mlik ortiqcha hisoblangan hamda gaz ballonlaridagi jami 490,2 tn og`ir qoldiq suyuqlik miqdorlari (kondensat) uchun iste`molchilardan 640,3 mln so`mlik, jami 766, 0 mln so`m ortiqcha mablag` olinganligi aniqlangan.

“Ushbu holatlar bo`yicha Raqobat qo`mitasi tomonidan hududiy gaz ta`minoti korxonalari bu xizmatlarni ko`rsatishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlari mavjudligi sababli, iste`molchilarga ortiqcha olingan mablag`larni qayta hisob-kitob qilish choralari ko`rilmoqda”, - deyiladi rasmiy xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар