Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Avtogazta`minot” MChJning davlat mulki sifatida sotiladigan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalari, servislar va boshqa jami 20 ta ko`chmas mulk ob`ektini “E-Ijro Auksion” elektron savdoga chiqarmoqda, deyiladi agentlik saytida.
Tadbirkorlar uchun tayyor biznes shaklida taklif etilayotgan avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarining 8 tasida siqilgan tabiiy gazni sotish faoliyatini amalga oshirish bo`yicha lisenziya mavjud. Agarda xaridor lisenziya talablariga javob bersa, ushbu hujjat belgilangan tartibda uning nomiga rasmiylashtiriladi.
Bugunga qadar, faoliyatini olib borayotgan Farg`ona viloyati, Rishton tumanidagi avtotransport vositalariga siqilgan gaz quyish shoxobcha 3,6 milliard so`m va Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahridagi Avtotransport vositalariga siqilgan gaz balonlarini o`rnatish servis markazi 4,2 milliard so`m boshlang`ich narx bilan savdoga chiqarilishi kutilmoqda.