Toshkent shahrining bir qator tumanlarida to`liq hujjatlar to`plamiga ega bo`lmagan 59 ta ob`ektda qurilish ishlari butunlay to`xtatildi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi (https://t.me/poytaxt_uz/40473). Jumladan:
Olmazor tumanida 5 ta
Chilonzor tumanida 5 ta
Mirobod tumanida 8 ta
Mirzo Ulug`bek tumanida 7 ta
Sergeli tumanida 3 ta
Uchtepa tumanida 2 ta
Yakkasaroy tumanida 2 ta
Yangihayot tumanida 17 ta
Yashnobod tumanida 3 ta
Yunusobod tumanida 4 tu
Bektemir tumanida 3 ta
Ob`ektlar elektr ta`minotidan uzib qo`yilgan. Qurilish maydonlarida nazorat va monitoring ishlari davom ettirilayotgani, har bir qonunbuzarlik holati bo`yicha qonuniy choralar ko`rilishi ma`lum qilindi. Fuqarolardan;
—sotib olayotgan ko`chmas mulkiga oid barcha hujjatlarning asl nusxalarini (kadastr, ekspertiza xulosalari va kengash qarorlari, texnik ko`rik dalolatnomasi) talab qilish;
va ularni sinchkovlik bilan tekshirish;
—sotuvchilarga pulni naqd yoki norasmiy yo`llar bilan bermaslik, shartnomaning barcha bandlarini diqqat bilan o`rganib chiqish so`raldi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq bir qancha fuqarolar uy sotib olish yo`lida aldangani haqida xabar bergan edik. (https://t.me/rost_24uz/13046)