O`zbekiston internet tezligi bo`yicha reytingda 103 davlat ichida 71-o`rinni egalladi

25.07.2025 18:12

Speedtest Global Index’ning 2025 yil iyun oyidagi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston mobil internet tezligi bo`yicha jahon reytingida 103 davlat ichida 71-o`rinni egalladi.

Mamlakatda mobil internet o`rtacha tezligi 55,78 Mbit/sekundni tashkil etgan. May oyi bilan taqqoslaganda bu ko`rsatkich o`zgarmagan.

Ushbu reyting bo`yicha MDH davlatlaridagi mobil internet o`rtacha tezligi taqqoslanganda Qozog`iston birinchi o`rinda bo`ldi.

Reytingda dastlabki uch pog`onani BAA (546,14 Mbit/s), Qatar (517,44 Mbit/s), Kuvayt (378,45 Mbit/s) egalladi. Eng quyi pog`onalardan esa Esvatini (18,36 Mbit/s), Belarus (17,97 Mbit/s), Boliviya (13,192 Mbit/s) davlatlari joy oldi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар