COVID-19 pandemiyasidan keyin insonlar miyasining qarishi tezlashib bormoqda

25.07.2025 16:08

Nottingem universiteti olimlari xulosasiga ko`ra, COVID-19 pandemiyasi butun dunyo aholisining bosh miyasining qarish tezligini oshirdi. Bunday holat hatto koronavirusga chalinmaganlarda ham uchramoqda.

Erkaklar orasida ko`proq

Tadqiqotchilar Buyuk Britaniyaning UK Biobankc ma`lumotlar bazasidan olingan 15 mingdan ortiq MRT suratlarini tahlil qilgan. Ular pandemiyagacha olingan bosh miya tasvirlarini 2021–2022 yillarda olingan suratlar bilan solishtirdi. Natijada pandemiyadan keyingi davrda MRT tekshiruvidan o`tgan odamlarda miya qarishining tezlashish belgilari, xususan, kulrang modda hajmining kamaygani aniqlandi. Bunday o`zgarishlar xotira va tafakkur bilan bog`liq muammolarga olib kelishi mumkin.

O`rtacha hisobda, pandemiya davrida insonlar miyasi 5,5 oyga tezroq qarigan. Bu o`zgarish, ayniqsa, erkaklar va daromadi past bo`lganlar orasida yaqqol ko`zga tashlangan. Olimlarning fikricha, bunga stress, jamiyatdan ajralib qolish, jismoniy faollikning pasayishi va hayot sifati yomonlashuvi kabi omillar sabab bo`lgan.

Koviddan keyingi sindrom

Shu bilan birga, COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirganlarda axborotni qayta ishlash tezligi va tafakkurning moslashuvchanligi kabi kognitiv buzilishlar qayd etildi. Bu esa virusning miyaga nisbatan bevosita ta`sirini, “koviddan keyingi sindrom” hamda surunkali charchoq holatini izohlaydi.

Avvalroq o`smirlar ishtirokida o`tkazilgan shunga o`xshash tadqiqotda bundan ham yomon natijalar kuzatilgan: o`g`il bolalarda miya o`rtacha 1,4 yilga, qizlarda esa 4,2 yilga qarigan.

Olimlar bunday jiddiy o`zgarishlar qachon to`xtashi yoki kamayishi mumkinligi haqida hozircha ma`lumotga ega emas. Biroq sog`lom turmush tarzi, jismoniy faollik, sifatli uyqu va ijobiy ijtimoiy aloqalar miyaning tiklanishiga yordam berishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар