Yangiyo`l tumanidagi 250 o`ringa mo`ljallangan 5 son Bolalar musiqa va san`at maktabida 900 dan ortiq yoshlar tahsil olmoqda.
Shu sababli to`garak va mashg`ulotlarni smena asosida o`tkazishga majbur bo`linmoqda.
Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma`lum qildi.
Vazir mazkur o`quv dargohini boshqa maktablarga o`rnak bo`lishiga arzigulik ekanini qayd etgan va o`quvchilar soni ko`pligini bolalardagi san`atga bo`lgan qiziqish bilan bog`lagan.
Biroq, Ozodbek Nazarbekov bir necha smenada mashg`ulot olib borilayotgan 5 son Bolalar musiqa va san`at maktabi muammosi bo`yicha echim bermagan.