“Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

25.07.2025 12:04

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMT DT) o`rtasida nomoliyaviy xizmatlar sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Kelishuv doirasida bank xodimlarini zamonaviy biznes maslahatlari, mentorlik dasturlari, bilim platformalaridan foydalanish, tadbirkorlarga strategik ko`mak ko`rsatish kabi yo`nalishlar bo`yicha o`qitish va malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Bu orqali “Biznesni rivojlantirish banki” o`z mijozlariga faqat moliyaviy emas, balki rivojlanishga qaratilgan maslahat va axborot qo`llab-quvvatlovi ham ko`rsata oladigan institutga aylanishni maqsad qilmoqda.

Hamkorlik memorandumini imzolash marosimida “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari Shahzod Yusupovbu kelishuv bankning strategik transformasiya jarayonida muhim qadam bo`lishini e`tirof etdi. 

 BMT TDning O`zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii mazkur hamkorlik mamlakatda xususiy sektorni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va inklyuziv iqtisodiy o`sishni rag`batlantirishga xizmat qilishini ta`kidladi. 

Ta`kidlash lozimki, mazkur tashabbus doirasida 2025 yil oxiriga qadar bankning barcha hududiy ofislari va markaziy idorasidagi nomoliyaviy xizmatlarga mas`ul mutaxassislar to`liq qamrab olinadi.

Ma`lumot uchun, nomoliyaviy xizmatlar — bu bank mijozlariga moliyaviy mahsulotlardan tashqari, bilim, maslahat, trening va boshqa rivojlantiruvchi xizmatlarni taklif qilish tizimidir. Ushbu yondashuv tadbirkorlarning raqobatbardoshligini oshirishga, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар