O`zbekistonda tug`ilish kamayib, o`limlar ko`pamoqda

23.07.2025 11:14

2025 yil 1 iyul holatiga ko`ra, O`zbekiston aholisi soni 37 million 860 ming kishiga etdi. Mazkur ko`rsatkich 2024 yil iyulidagiga nisbatan 2 foizga ko`p. Yarim yil davomida aholi sonining tabiiy o`sishi 321,4 ming kishiga teng bo`ldi.

Eng ko`p aholi Samarqand (4,3 mln kishi) va Farg`ona (4,2 mln kishi) viloyatlarida yashamoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida — 938,5 ming kishi.

Tug`ilish qisqarib, o`limlar ko`paydi

O`zbekistonda 2025 yil yanvar iyun oylarida 405,5 ming chaqaloq tug`ildi. Shundan 209,6 ming nafari o`g`il (51,7 foiz), 195,9 ming nafari (48,3 foiz) qiz bolalar. Shahar joylarida 197,8 ming, qishloqlarda 207,7 ming chaqaloq dunyoga kelgan.

Joriy tug`ilishlar soni 2024 yil mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023 yil I yarmiga qaraganda 29,1 ming nafarga kamaygan.

Olti oy davomida mamlakatda vafot etganlar soni 84,1 ming kishini tashkil etgan. Shundan erkaklar 46,2 ming kishi (54,9 foiz), ayollar 37,9 ming kishi (45,1 foiz) bo`lgan. Olamdan o`tganlarning 45,6 ming nafari shaharlarda (54,2 foiz), 38,5 ming nafari qishloqlarda (45,8 foiz) yashagan.

Umuman olganda, o`limlar soni 2024 yil iyul oyidagidan 2,7 mingtaga, 2023 yil mos davridagidan 4,4 mingtaga ko`paygan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар